Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Biyurğun

    Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 394-b. — ziyouz.com

    Biyurğun (Anabasis salsa) — şöradoşlar oilasiga mansub past böyli (5—25 sm), serşox yarim buta. Barglari mayda (2—5 mm), qalin. Asosan, taqir, şör va şörxok çöllarda ösadi, iyudda gullaydi, uruği sent.da pişadi. B.da 1,22% ça alkaloid, 7—9% oksalat kislota, 1,38% sirka kislota, işqor moddalari bor. Keç kuz va qiş oylarida tuya, qöy, eçki va ot uçun yaxşi ozuqa böladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    БИЮРҒУН (Anabasis salsa) — шўрадошлар оиласига мансуб паст бўйли (5—25 см), сершох ярим бута. Барглари майда (2—5 мм), қалин. Асосан, тақир, шўр ва шўрхок чўлларда ўсади, июдда гуллайди, уруғи сент.да пишади. Б.да 1,22% ча алкалоид, 7—9% оксалат кислота, 1,38% сирка кислота, ишқор моддалари бор. Кеч куз ва қиш ойларида туя, қўй, эчки ва от учун яхши озуқа бўлади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.