Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Blagoveşçensk

    Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 397-b. — ziyouz.com

    Blagoveşçensk — RFdagi şahar (1858 y.dan), Amur viloyatining ma'muriy markazi. T. y. stansiyasi. Zeya daryosining Amur daryosiga quyiliş yeridagi port. Aholisi 241 ming kişidan (1999). B. 1856 y.da UstZeyskiy nomi b-n harbiy post sifatida vujudga kelgan. Maşinasozlik (konruda va oltin qazib oliş sanoati uçun jihozlar, elektr asboblari işlab çikariladi, kemasozlik z-dlari va b. z-dlar), yoğoçsozlik, yengil, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. 4 oliy öquv yurti, drama va qöğirçoq teatrlari, ölkaşunoslik muzeyi mavjud.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    БЛАГОВЕШЧЕНСК — РФдаги шаҳар (1858 й.дан), Амур вилоятининг маъмурий маркази. Т. й. станцияси. Зея дарёсининг Амур дарёсига қуйилиш еридаги порт. Аҳолиси 241 минг кишидан (1999). Б. 1856 й.да УстьЗейский номи б-н ҳарбий пост сифатида вужудга келган. Машинасозлик (конруда ва олтин қазиб олиш саноати учун жиҳозлар, электр асбоблари ишлаб чикарилади, кемасозлик з-длари ва б. з-длар), ёғочсозлик, енгил, озиқ-овқат саноати корхоналари бор. 4 олий ўқув юрти, драма ва қўғирчоқ театрлари, ўлкашунослик музейи мавжуд.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.