Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Blastoderma

    Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 397-b. — ziyouz.com

    Blastoderma (blasto... va yun. derma — qobiq, teri) — blastula devorini hosil qiluvçi va blastotselni örab turuvçi bir qavat yoki bir neça qavat bölib joylaşgan hujayralar (töliq maydalanişda, q. Seloblastula) yoki maydalanmasdan qolgan sariq modda (sirt maydalanişida, q. Periblastula), şuningdek diskoidal maydalanişda diskoblastula qopqoğini hosil qiluvçi hujayralar qavati.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    БЛАСТОДЕРМА (бласто... ва юн. derma — қобиқ, тери) — бластула деворини ҳосил қилувчи ва бластоцелни ўраб турувчи бир қават ёки бир неча қават бўлиб жойлашган ҳужайралар (тўлиқ майдаланишда, қ. Целобластула) ёки майдаланмасдан қолган сариқ модда (сирт майдаланишида, қ. Перибластула), шунингдек дискоидал майдаланишда дискобластула қопқоғини ҳосил қилувчи ҳужайралар қавати.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.