Blindaj
Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 400-b. — ziyouz.com
Blindaj (frans. blindag<blinder — qalqon, ğov, tösiq) — bomba, töp öqi hamda minadan saqlaniş uçun qurilgan mustahkam yertöla (harbiy istehkom). B. devorlari şibbalanadi, usti yoğoç, temirbeton va tuproq b-n yopiladi. Birinçi marta Sevastopol mudofaasi (1854—55)da qöllanilgan. 1-jahon uruşi (1914—18) va 2-jahon uruşi (1939—45) da B.dan keng foydalanilgan.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
БЛИНДАЖ (франц. blindag<blinder — қалқон, ғов, тўсиқ) — бомба, тўп ўқи ҳамда минадан сақланиш учун қурилган мустаҳкам ертўла (ҳарбий истеҳком). Б. деворлари шиббаланади, усти ёғоч, темирбетон ва тупроқ б-н ёпилади. Биринчи марта Севастополь мудофааси (1854—55)да қўлланилган. 1-жаҳон уруши (1914—18) ва 2-жаҳон уруши (1939—45) да Б.дан кенг фойдаланилган.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.