Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Blokirovka

    Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 402-b. — ziyouz.com

    Blokirovka (ing. to bloch tösiş) — apparat, maşina iş organlari (elementlari)ni yoki elektr sxemalarni ma'lum holatda (B. ta'siri olinganda ham saqlanadigan holatda) tutib turişni ta'minlaydigan usullar va vositalar majmui. B. mexanik, optik, magnit yoki elektrik (sxemali) ta'sir vositasida amalga oşiriladi, apparat va maşinani dastlabki holatiga qaytaruvçi yoki ruxsat etiladigan yangi iş holatiga ötkazuvçi qismiga ta'sir etib B. ta'siri töxtatiladi. B. transportda, energiya tizimlarida, elektr st-yalarida, sanoat korxonalarida, hisoblaş texnikasida, i. ç. va turmuşda işlatiladigan turli apparat va asboblarda qöllaniladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    БЛОКИРОВКА (инг. to bloch тўсиш) — аппарат, машина иш органлари (элементлари)ни ёки электр схемаларни маълум ҳолатда (Б. таъсири олинганда ҳам сақланадиган ҳолатда) тутиб туришни таъминлайдиган усуллар ва воситалар мажмуи. Б. механик, оптик, магнит ёки электрик (схемали) таъсир воситасида амалга оширилади, аппарат ва машинани дастлабки ҳолатига қайтарувчи ёки рухсат этиладиган янги иш ҳолатига ўтказувчи қисмига таъсир этиб Б. таъсири тўхтатилади. Б. транспортда, энергия тизимларида, электр ст-яларида, саноат корхоналарида, ҳисоблаш техникасида, и. ч. ва турмушда ишлатиладиган турли аппарат ва асбобларда қўлланилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.