Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Bobo Savdoyi

    Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 416-b. — ziyouz.com

    Bobo Savdoyi (taxalluslari Xovariy, Savdoyi) (15-a., Abivard) — şoir. B. S. qasidanavislikda maşhur bölgan. Boysunqur Mirzo saroyida xizmat qilgan, malik uşşuaro unvoniga ega bölgan. Abivardlik şoirlarga ustozlik qilgan. Şe'rlarida ayrim yuqori tabaqa vakillarini tanqid qilgan. Boysunqur Mirzoga yozgan qasidalarida podşohni oddiy xalqqa şafqat qilişga çaqirgan. Şoir haqida Navoiy («Majolis unnafois»), 3. Vosifiy («Badoye ulvaqoye») asarlarida ma'lumot bor.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    БОБО САВДОЙИ (тахаллуслари Ховарий, Савдойи) (15-а., Абивард) — шоир. Б. С. қасиданависликда машҳур бўлган. Бойсунқур Мирзо саройида хизмат қилган, малик ушшуаро унвонига эга бўлган. Абивардлик шоирларга устозлик қилган. Шеърларида айрим юқори табақа вакилларини танқид қилган. Бойсунқур Мирзога ёзган қасидаларида подшоҳни оддий халққа шафқат қилишга чақирган. Шоир ҳақида Навоий («Мажолис уннафоис»), 3. Восифий («Бадое улвақое») асарларида маълумот бор.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.