Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Bolalar adabiyoti

    Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 486–488-b. — ziyouz.com

    Bolalar adabiyoti — bolalar va ösmirlar uçun yaratilgan badiiy, ilmiy, ilmiyommabop va publitsistik asarlar majmui. Bularning asosiy kismini badiiy asarlar taşkil etadi. Jahon xalqlari, şu jumladan özbek xalqi B. a. tez aytiş, topişmoq, öyin qöşiklari, rivoyat, afsona, ertak, makal, masal va doston singari aksariyat qismi bolalarga möljallab yaratilgan oğzaki ijod namunalaridan boşlanadi. B. a.ni bevosita bolalarga möljallab yaratilgan va aslida bolalarga möljallanmagan bölsada, keyinçalik B. a.ga ötib qolgan asarlarga ajratiş mumkin.

    B.a.ning öziga xos xususiyati — özgaruvçan hodisa bölib, u kitobxon yoşi, tarixiy davr va ijtimoiy muhit b-n bevosita boğliq. Kitobxon yoşini hisobga oliş B.a.ning eng asosiy xususiyatlaridandir. Maye, maktabgaça yoşdagi bolalarda bu körgazmalilik, ezgulik va yovuzlik kuçlarining oddiy körinişdagi ziddiyatlariga asoslangan bölsa, ösmirlar uçun yaratilgan adabiyotda murakkab hayotdagi murakkab kişilarning ruhiyati oçila boşlaydi.

    B.a.ning yana bir xususiyati uning harakatga boyligidir. Bundan B.a.da syujetga bölgan talab ham kelib çiqadi. U voqealarning tezkor, qiziqarli, fantaziyaga, yumorga boy ravişda ye.çilişini talab qiladi.

    Şarq yozma adabiyotida «pandnoma», «mav'izatnoma», «nasihatnoma», «axloq kitoblari» singari nomlar b-n tasnif qilinuvçi asarlar B. a.ning dastlabki namunalari hisoblanadi. Maye, Kaykovusning «Mav'izatnomai Kaykovus» («Qobusnoma»), Şayx Savdiyning «Guliston» va «Böston», Jomiyning «Bahoriston» asarlari şular jumlasidandir. Bular tarjima vositasida özbek B. a.ga kirib kelgan. Alişer Navoiyning «Hayrat ulabror», «Mantş uttayr» va «Mahbub ulqulub» asarlari, Xojaning «Miftoh uladl» va «Gulzor», Gulxaniyning «Zarbulmasal» asarlari esa özbek B. a.ning mumtoz namunalari bölib, pandnasihat ruhidagi maqolat va hikoyatlari b-n asrlar mobaynida yoş avlodni yaxşi insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalaşga xizmat qilib kelmoqda.

    B. a.ning şakllanişi deyarli barça xalqlarda asosan ma'rifatparvarlik va maktabmaorif tizimi islohotlari b-n çambarças boğliq. Özbek B. a.ning barqarorlaşuvi ham 19-a. 2 yarmi — 20-a. boşlaridagi ma'rifatparvarlik harakatiga borib taqaladi. Saidrasul Aziziy, Munavvarqori, Abdulla Avloniy, Hamza va b. önlab ma'rifatparvarlarning «yangi usul» («usuli jadidiya»)dagi özbek maktablari talabalari uçun yaratgan ellikka yaqin alifbo va öqiş kitoblari uzbek B. a.ning tom ma'nodagi yorqin namunalari hisoblanadi. B. a. ga bolalar uçun maxsus yaratilgan asarlar sifatida qaraş, uning öziga xos tamoyillarini belgilaş 20-a. boşlariga xosdir.

    Uzbek B. a. jahon B. a.ning ilgor an'analari ta'sirida rivojlandi. Jahon B. a.ning nodir namunalari uzbek tiliga tarjima qilindi, «Gulliverning sayohatlari» (J. Svift), «Robinzon Kruzo» (D. Defo), «Tom toğaning kulbasi» (BiçerStou), «Söna» (E. Voyniç) kabi jahon adabiyotining nodir asarlari özbek bolalarning ham mulki bölib qoldi.

    Şarq adabiyoti eng yaxşi namunalarini arab, fors tilidan tarjima qiliş B. a. tarjimaçiligidagi bir yönaliş bölsa, Ğarb adabiyoti, xususan rus adabiyoti namunalarini özbekçalaştiriş ikkinçi yönalişni taşkil etdi. I. A. Krilov masallari, A. S. Puşkinning «Baliqçi va baliq haqida ertak» asari, K. D. Uşinskiy hamda L.N. Tolstoyning bir qança hikoya, ertaklari va b. ayni şu davrda tarjima qilinib, yangi usuldagi maktablar alifbo va öqiş kitoblariga kiritildi. Ijodkorlar tarjima vositasida realistik B. a.ning öziga xos xususiyatlarini yanada mukammal egalladilar, bolalar uçun yozuvçi adiblar guruhi şakllandi. 20-a. ning 20—30-y.larida Hamid Olimjon, Ğafur Ğulom, Ğayratiy, Şokir Sulaymon, Ilyos Muslim, Gulom Zafariy, Ayniy, Elbek, Zafar Diyor, Sulton Jöra, Kudrat Hikmat, Quddus Muhammadiy, Şukur Sadulla, Hakim Nazir, Pölat Mömin va b. ijodkorlarning asarlari uzbek B. a.ning rivojlanişida, maxsus adabiyot sifatida şakllanişida muhim ahamiyatga ega böldi.

    Uzbek B. a.da ayniqsa, adabiy ertak janri rivojlandi. Hamid Olimjonning Oygul va Baxtiyor, «Semurğ yoki Parizod va Bunyod», Mirtemirning «Ajdar», Şukur Sa'dullaning «Uç ayiq», «Ayyor çumçuq», Zafar Diyorning «Yangi ertak», «Toşxon bilan Moşxon», «Tulkining hiylasi», Sulton Jöraning «Zangor gilam» va «Qaldirğoç» singari adabiy ertaklari xalq oğzaki ijodi an'analari asosida yaratilgan, şakl va mazmun jihatdan puxta badiiy asarlar sirasiga kiradi. 30-y.larda uzbek bolalar şe'riyati yuksalib, uning mavzu doirasi kengaydi.

    40—60-y.larda uzbek B. a. yanada rivojlandi, bolalar yozuvçilarining safi Nosir Fozilov, Xudoyberdi Töxtaboyev, Tolib Yöldoş, Farhod Musajonov, Latif Mahmudov va b. qalamkaşlar hisobiga kengaydi. Uyğun, Mirtemir, Asqad Muxtor, Sayd Ahmad, Şuhrat, Mirzakalon Ismoiliy, Mirkarim Osim singari kattalar adabiyoti vakillari ham bolalarga atab asarlar yaratdilar.

    Quddus Muhammadiyning beş kitobdan iborat «Tabiat alifbosi» yoş kitobxonlarni ona tabiatga, hayvonot va ösimliklar dunyosiga mehrmuhabbat ruhida tarbiyalovçi, quvnoq kulgi b-n yöğrilgan, mavzular rangbarangligi va tasvirning mukammalligi b-n e'tiborga sazovor.

    50—60-y.larda Ğafur Ğulomning «Şum bola», Oybekning «Bolalik», Abdulla Qahhorning «Ötmişdan ertaklar», Nazir Safarovning «Körgankeçirganlarim» qissalari nasriy B. a. rivojiga munosib uluş bölib qöşildi. Xudoyberdi Töxtaboyevning «Sehrli qalpoqça», «Sariqdevni minib», «Sariq devning ölimi» asarlari ham sara asarlar qatoridan örin oldi. Bular köpgina xorijiy tillarga tarjima qilindi. Hakim Nazirning «Sunmas çaqmoqlar», «Yonar daryo», «Kiçkintoy» qissalari, «Loçin qanotlari» romani davrning dolzarb muammolarini qamrab olişi, badiiy tasvirning öziga xosligi b-n e'tibor qozondi.

    80-y.lar B. a.da Anvar Obidjon, Safar Barnoyev, Rauf Tolipov, Qambar Utayev, Hamza Imonberdiyev va b. ijodkorlarning asarlari yoş avlodni eng yaxşi insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalaşga xizmat qilişi b-n e'tiborga sazovor böldi.

    B.a.da badiiylik b-n bir qatorda ma'rifiylik ham yetakçi örin tutadi. Çunki B.a. namunalari yoşlarni insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalaşga ham xizmat qiladi. Barça davrlar B.a.ning taraqqiyot tamoyillari, avvalo, ma'rifiylik va tarbiyaviylikda aks etadi. Biroq B.a. rivojlanib borgani sari uning sof badiiyat unsurlarini egallaşga intilişi va umumadabiyot taraqqiyot tamoyillari b-n hamkorligi ham közga taşlanadi. Jumladan, 20 a. boşlarida uzbek B.a.da köproq ma'rifatparvarlik ğoyalari yetakçilik qilsa, 30-y.lar B.a.da realistik adabiyot tamoyillari ustuvor, 5060- y.lar B.a.da sarguzaşt fantastik adabiyot elementlari kuçaydi. 80-y. lar B.a.da psixologizmning kuçayişi, yoş qahramon talqinida uni yoş bola tarzida emas, hayotga tobora jadal kirib kelayotgan, öz qaraşlariga ega bölgan şaxs sifatida tasvirlaşga intiliş ruhi mavjud.

    Uzbek B.a. taraqqiyotida 90-y.dar yangilaniş davri böldi. Istiqlol şarofati b-n milliy, madaniy, adabiy va diniy qadriyatlarning tiklanişi B.a. namoyandalari ijodiga ham sezilarli ta'sir qildi, ularning asarlarida haqiqiy uzbek qiyofasi tasviri yetakçi örin egallay boşladi.

    B.a.ning öziga xosliklari uning qahramoni tasvirida yanada yorqinroq namoyon böladi. Mac, 20-a. boşlari B.a. namunalari köproq ijodkorning faolligi, qahramon tasviri emas, tarğibiytaşviqiy ruh ustuvorligi b-n ajralib tursa, 30-y.lar B.a.da köproq xalq oğzaki ijodiga murojaat qilingan, bu davrda yaratilgan asarlarda ham hali faol qahramon obrazi deyarli yöq edi. 50—60-y.lar B.a. namunalari bevosita yoş qahramonlarning asarlar voqealarida hal qiluvçi örin tutiş b-n çinakam B.a.ga aylandi. 70—80- y.lar B.a. namunalaridan esa tobora hayotga öz nuqtai nazari b-n qaraydigan, balandparvoz, ritorik ta'riflardan köra tanqidiy nigohi ötkirroq yoş qahramon qiyofasi gavdalana boşladi, şu davrda uzbek B.a.ga ilk bora bolalarning öziga xos, endigina uyğonib kelayotgan pok muhabbati kirib keldi. 90-y.lar adabiyotida bu borada yangi qadam taşlandi, özbek bolasi özbekning farzandi ekanligidan faxrlaniş, uluğ ajdodlarga munosib böliş ruhidagi, tom ma'nodagi vatanparvarlik ğoyasi ustuvor asarlarni öqiş baxtiga muşarraf böldi.

    Ad.: Suyumov A., Kiçkintoylar adabiyoti, T., 1962; Jahongirov F., Özbek bolalar folklori, T., 1975; Bolalar adabiyoti va zamonaviylik, T., 1981;Safarov O., Özbek bolalar poetik folklori, T., 1985; Uzbek bolalar adabiyoti va adabiy jarayon, T., 1989; Barakayev R., Jonajonim, şe'riyat, T., 1997.

    Rahmatilla Barakayev, Kavsar Turdiyeva.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    БОЛАЛАР АДАБИЁТИ — болалар ва ўсмирлар учун яратилган бадиий, илмий, илмийоммабоп ва публицистик асарлар мажмуи. Буларнинг асосий кисмини бадиий асарлар ташкил этади. Жаҳон халқлари, шу жумладан ўзбек халқи Б. а. тез айтиш, топишмоқ, ўйин қўшиклари, ривоят, афсона, эртак, макал, масал ва достон сингари аксарият қисми болаларга мўлжаллаб яратилган оғзаки ижод намуналаридан бошланади. Б. а.ни бевосита болаларга мўлжаллаб яратилган ва аслида болаларга мўлжалланмаган бўлсада, кейинчалик Б. а.га ўтиб қолган асарларга ажратиш мумкин.

    Б.а.нинг ўзига хос хусусияти — ўзгарувчан ҳодиса бўлиб, у китобхон ёши, тарихий давр ва ижтимоий муҳит б-н бевосита боғлиқ. Китобхон ёшини ҳисобга олиш Б.а.нинг энг асосий хусусиятларидандир. Мае, мактабгача ёшдаги болаларда бу кўргазмалилик, эзгулик ва ёвузлик кучларининг оддий кўринишдаги зиддиятларига асосланган бўлса, ўсмирлар учун яратилган адабиётда мураккаб ҳаётдаги мураккаб кишиларнинг руҳияти очила бошлайди.

    Б.а.нинг яна бир хусусияти унинг ҳаракатга бойлигидир. Бундан Б.а.да сюжетга бўлган талаб ҳам келиб чиқади. У воқеаларнинг тезкор, қизиқарли, фантазияга, юморга бой равишда е.чилишини талаб қилади.

    Шарқ ёзма адабиётида «панднома», «мавъизатнома», «насиҳатнома», «ахлоқ китоблари» сингари номлар б-н тасниф қилинувчи асарлар Б. а.нинг дастлабки намуналари ҳисобланади. Мае, Кайковуснинг «Мавъизатномаи Кайковус» («Қобуснома»), Шайх Савдийнинг «Гулистон» ва «Бўстон», Жомийнинг «Баҳористон» асарлари шулар жумласидандир. Булар таржима воситасида ўзбек Б. а.га кириб келган. Алишер Навоийнинг «Ҳайрат улаброр», «Мантщ уттайр» ва «Маҳбуб улқулуб» асарлари, Хожанинг «Мифтоҳ уладл» ва «Гулзор», Гулханийнинг «Зарбулмасал» асарлари эса ўзбек Б. а.нинг мумтоз намуналари бўлиб, панднасиҳат руҳидаги мақолат ва ҳикоятлари б-н асрлар мобайнида ёш авлодни яхши инсоний фазилатлар руҳида тарбиялашга хизмат қилиб келмоқда.

    Б. а.нинг шаклланиши деярли барча халқларда асосан маърифатпарварлик ва мактабмаориф тизими ислоҳотлари б-н чамбарчас боғлиқ. Ўзбек Б. а.нинг барқарорлашуви ҳам 19-а. 2 ярми — 20-а. бошларидаги маърифатпарварлик ҳаракатига бориб тақалади. Саидрасул Азизий, Мунавварқори, Абдулла Авлоний, Ҳамза ва б. ўнлаб маърифатпарварларнинг «янги усул» («усули жадидия»)даги ўзбек мактаблари талабалари учун яратган элликка яқин алифбо ва ўқиш китоблари узбек Б. а.нинг том маънодаги ёрқин намуналари ҳисобланади. Б. а. га болалар учун махсус яратилган асарлар сифатида қараш, унинг ўзига хос тамойилларини белгилаш 20-а. бошларига хосдир.

    Узбек Б. а. жаҳон Б. а.нинг илгор анъаналари таъсирида ривожланди. Жаҳон Б. а.нинг нодир намуналари узбек тилига таржима қилинди, «Гулливернинг саёҳатлари» (Ж. Свифт), «Робинзон Крузо» (Д. Дефо), «Том тоғанинг кулбаси» (БичерСтоу), «Сўна» (Э. Войнич) каби жаҳон адабиётининг нодир асарлари ўзбек болаларнинг ҳам мулки бўлиб қолди.

    Шарқ адабиёти энг яхши намуналарини араб, форс тилидан таржима қилиш Б. а. таржимачилигидаги бир йўналиш бўлса, Ғарб адабиёти, хусусан рус адабиёти намуналарини ўзбекчалаштириш иккинчи йўналишни ташкил этди. И. А. Крилов масаллари, А. С. Пушкиннинг «Балиқчи ва балиқ ҳақида эртак» асари, К. Д. Ушинский ҳамда Л.Н. Толстойнинг бир қанча ҳикоя, эртаклари ва б. айни шу даврда таржима қилиниб, янги усулдаги мактаблар алифбо ва ўқиш китобларига киритилди. Ижодкорлар таржима воситасида реалистик Б. а.нинг ўзига хос хусусиятларини янада мукаммал эгалладилар, болалар учун ёзувчи адиблар гуруҳи шаклланди. 20-а. нинг 20—30-й.ларида Ҳамид Олимжон, Ғафур Ғулом, Ғайратий, Шокир Сулаймон, Илёс Муслим, Гулом Зафарий, Айний, Элбек, Зафар Диёр, Султон Жўра, Кудрат Ҳикмат, Қуддус Муҳаммадий, Шукур Саьдулла, Ҳаким Назир, Пўлат Мўмин ва б. ижодкорларнинг асарлари узбек Б. а.нинг ривожланишида, махсус адабиёт сифатида шаклланишида муҳим аҳамиятга эга бўлди.

    Узбек Б. а.да айниқса, адабий эртак жанри ривожланди. Ҳамид Олимжоннинг Ойгул ва Бахтиёр, «Семурғ ёки Паризод ва Бунёд», Миртемирнинг «Аждар», Шукур Саъдулланинг «Уч айиқ», «Айёр чумчуқ», Зафар Диёрнинг «Янги эртак», «Тошхон билан Мошхон», «Тулкининг ҳийласи», Султон Жўранинг «Зангор гилам» ва «Қалдирғоч» сингари адабий эртаклари халқ оғзаки ижоди анъаналари асосида яратилган, шакл ва мазмун жиҳатдан пухта бадиий асарлар сирасига киради. 30-й.ларда узбек болалар шеърияти юксалиб, унинг мавзу доираси кенгайди.

    40—60-й.ларда узбек Б. а. янада ривожланди, болалар ёзувчиларининг сафи Носир Фозилов, Худойберди Тўхтабоев, Толиб Йўлдош, Фарҳод Мусажонов, Латиф Маҳмудов ва б. қаламкашлар ҳисобига кенгайди. Уйғун, Миртемир, Асқад Мухтор, Сайд Аҳмад, Шуҳрат, Мирзакалон Исмоилий, Миркарим Осим сингари катталар адабиёти вакиллари ҳам болаларга атаб асарлар яратдилар.

    Қуддус Муҳаммадийнинг беш китобдан иборат «Табиат алифбоси» ёш китобхонларни она табиатга, ҳайвонот ва ўсимликлар дунёсига меҳрмуҳаббат руҳида тарбияловчи, қувноқ кулги б-н йўғрилган, мавзулар рангбаранглиги ва тасвирнинг мукаммаллиги б-н эътиборга сазовор.

    50—60-й.ларда Ғафур Ғуломнинг «Шум бола», Ойбекнинг «Болалик», Абдулла Қаҳҳорнинг «Ўтмишдан эртаклар», Назир Сафаровнинг «Кўрганкечирганларим» қиссалари насрий Б. а. ривожига муносиб улуш бўлиб қўшилди. Худойберди Тўхтабоевнинг «Сеҳрли қалпоқча», «Сариқдевни миниб», «Сариқ девнинг ўлими» асарлари ҳам сара асарлар қаторидан ўрин олди. Булар кўпгина хорижий тилларга таржима қилинди. Ҳаким Назирнинг «Сунмас чақмоқлар», «Ёнар дарё», «Кичкинтой» қиссалари, «Лочин қанотлари» романи даврнинг долзарб муаммоларини қамраб олиши, бадиий тасвирнинг ўзига хослиги б-н эътибор қозонди.

    80-й.лар Б. а.да Анвар Обиджон, Сафар Барноев, Рауф Толипов, Қамбар Утаев, Ҳамза Имонбердиев ва б. ижодкорларнинг асарлари ёш авлодни энг яхши инсоний фазилатлар руҳида тарбиялашга хизмат қилиши б-н эътиборга сазовор бўлди.

    Б.а.да бадиийлик б-н бир қаторда маърифийлик ҳам етакчи ўрин тутади. Чунки Б.а. намуналари ёшларни инсоний фазилатлар руҳида тарбиялашга ҳам хизмат қилади. Барча даврлар Б.а.нинг тараққиёт тамойиллари, аввало, маърифийлик ва тарбиявийликда акс этади. Бироқ Б.а. ривожланиб боргани сари унинг соф бадиият унсурларини эгаллашга интилиши ва умумадабиёт тараққиёт тамойиллари б-н ҳамкорлиги ҳам кўзга ташланади. Жумладан, 20 а. бошларида узбек Б.а.да кўпроқ маърифатпарварлик ғоялари етакчилик қилса, 30-й.лар Б.а.да реалистик адабиёт тамойиллари устувор, 5060- й.лар Б.а.да саргузашт фантастик адабиёт элементлари кучайди. 80-й. лар Б.а.да психологизмнинг кучайиши, ёш қаҳрамон талқинида уни ёш бола тарзида эмас, ҳаётга тобора жадал кириб келаётган, ўз қарашларига эга бўлган шахс сифатида тасвирлашга интилиш руҳи мавжуд.

    Узбек Б.а. тараққиётида 90-й.дар янгиланиш даври бўлди. Истиқлол шарофати б-н миллий, маданий, адабий ва диний қадриятларнинг тикланиши Б.а. намояндалари ижодига ҳам сезиларли таъсир қилди, уларнинг асарларида ҳақиқий узбек қиёфаси тасвири етакчи ўрин эгаллай бошлади.

    Б.а.нинг ўзига хосликлари унинг қаҳрамони тасвирида янада ёрқинроқ намоён бўлади. Mac, 20-а. бошлари Б.а. намуналари кўпроқ ижодкорнинг фаоллиги, қаҳрамон тасвири эмас, тарғибийташвиқий руҳ устуворлиги б-н ажралиб турса, 30-й.лар Б.а.да кўпроқ халқ оғзаки ижодига мурожаат қилинган, бу даврда яратилган асарларда ҳам ҳали фаол қаҳрамон образи деярли йўқ эди. 50—60-й.лар Б.а. намуналари бевосита ёш қаҳрамонларнинг асарлар воқеаларида ҳал қилувчи ўрин тутиш б-н чинакам Б.а.га айланди. 70—80- й.лар Б.а. намуналаридан эса тобора ҳаётга ўз нуқтаи назари б-н қарайдиган, баландпарвоз, риторик таърифлардан кўра танқидий нигоҳи ўткирроқ ёш қаҳрамон қиёфаси гавдалана бошлади, шу даврда узбек Б.а.га илк бора болаларнинг ўзига хос, эндигина уйғониб келаётган пок муҳаббати кириб келди. 90-й.лар адабиётида бу борада янги қадам ташланди, ўзбек боласи ўзбекнинг фарзанди эканлигидан фахрланиш, улуғ аждодларга муносиб бўлиш руҳидаги, том маънодаги ватанпарварлик ғояси устувор асарларни ўқиш бахтига мушарраф бўлди.

    Ад.: Суюмов А., Кичкинтойлар адабиёти, Т., 1962; Жаҳонгиров F., Ўзбек болалар фольклори, Т., 1975; Болалар адабиёти ва замонавийлик, Т., 1981;Сафаров О., Ўзбек болалар поэтик фольклори, Т., 1985; Узбек болалар адабиёти ва адабий жараён, Т., 1989; Баракаев Р., Жонажоним, шеърият, Т., 1997.

    Раҳматилла Баракаев, Кавсар Турдиева.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.