Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Bolgaroboysa Vasiliy II

    Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 60-b. — ziyouz.com

    Vasiliy II Bolgaroboysa (958— 1025) — Vizantiya imperatori (976 y.dan), makedonlar sulolasidan. Kiçik Osiyoda Varda Sklir raqbarligidagi aslzodalar qözğolonlari (976—979) va (987—989)ni bostirgan. Fotimiylarga qarşi Suriyaga muvaffaqiyatli yuriş qilgan (995); Gruziya va Armaniston yerlarini bir qismini bosib olgan. Bolgariyani böysundirgan (laqabi şundan) (1018). Singlisi Annani Kiyev knyazi Vladimir 1 ga uzatgan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ВАСИЛИЙ II Болгаробойца (958— 1025) — Византия императори (976 й.дан), македонлар сулоласидан. Кичик Осиёда Варда Склир рақбарлигидаги аслзодалар қўзғолонлари (976—979) ва (987—989)ни бостирган. Фотимийларга қарши Сурияга муваффақиятли юриш қилган (995); Грузия ва Арманистон ерларини бир қисмини босиб олган. Болгарияни бўйсундирган (лақаби шундан) (1018). Синглиси Аннани Киев князи Владимир 1 га узатган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.