Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Bolqon-Kavkaz irqi

    Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 523-b. — ziyouz.com

    Bolqon-Kavkaz irqi — katta yevropeoid irkiga kiradi. Soç va közlari qora, yuzi va tanasi sertuk, böydor, keng yuzli; braxikefaliya şu irqqa xos. Markaziy va Jan. Yevropa (Jan. Avstriya, Italiya va Gretsiyaning şim., Yugoslaviya) da, Kavkazda (tub aholining kup qismi), Osiyoda (Ğarbiy Erondagi lurlar, baxtiyoriylar va b. xalqlar) tarqalgan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    БОЛҚОН-КАВКАЗ ИРҚИ — катта европеоид иркига киради. Соч ва кўзлари қора, юзи ва танаси сертук, бўйдор, кенг юзли; брахикефалия шу ирққа хос. Марказий ва Жан. Европа (Жан. Австрия, Италия ва Грециянинг шим., Югославия) да, Кавказда (туб аҳолининг куп қисми), Осиёда (Ғарбий Эрондаги лурлар, бахтиёрийлар ва б. халқлар) тарқалган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.