Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Bolquray

    Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 524-b. — ziyouz.com

    Bolquray (Dorema sabulosum Litv.) — soyaziradoşlar oilasiga mansub köp yillik öt, ildizi turpga öxşab yöğonlaşgan böladi. Qizilqumdagi qumloq yerlarda ösadi. Poyasi va ildizi sutli. Sutida efir moyi, smola va kamed (yelim) bor. Balğam köçiruvçi va siydik haydovçi dori sifatida işlatiladi (q. Sassiqquray).

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    БОЛҚУРАЙ (Dorema sabulosum Litv.) — соязирадошлар оиласига мансуб кўп йиллик ўт, илдизи турпга ўхшаб йўғонлашган бўлади. Қизилқумдаги қумлоқ ерларда ўсади. Пояси ва илдизи сутли. Сутида эфир мойи, смола ва камедь (елим) бор. Балғам кўчирувчи ва сийдик ҳайдовчи дори сифатида ишлатилади (қ. Сассиққурай).

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.