Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Bomont

    Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 528-b. — ziyouz.com

    Bomont — AQŞ jan.dagi şahar, Neçes daryosi böyida, Texas ştatida. Aholisi 114 ming kişi (1990, şahar atrofi b-n 360 ming kişi). Dengiz porti (yuk ortib tuşiriş yiliga 50 mln. t; neft va ximikatlar çetga çiqariladi), kema qatnaydigan kanal orqali Meksika qöltiği b-n boglangan. AQŞ dagi eng yirik neftni qayta işlaş sanoati markazlaridan biri. Neft kimyosi, kimyo, kemasozlik sanoati korxonalari bor. Qora metallurgiya rivojlangan. Neft qazib oliş jihozlari işlab çiqariladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    БОМОНТ — АҚШ жан.даги шаҳар, Нечес дарёси бўйида, Техас штатида. Аҳолиси 114 минг киши (1990, шаҳар атрофи б-н 360 минг киши). Денгиз порти (юк ортиб тушириш йилига 50 млн. т; нефть ва химикатлар четга чиқарилади), кема қатнайдиган канал орқали Мексика қўлтиғи б-н богланган. АҚШ даги энг йирик нефтни қайта ишлаш саноати марказларидан бири. Нефть кимёси, кимё, кемасозлик саноати корхоналари бор. Қора металлургия ривожланган. Нефть қазиб олиш жиҳозлари ишлаб чиқарилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.