Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Borgoh

    Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 536-b. — ziyouz.com

    Borgoh (fors. — podşoh çodiri) — maxsus ijozat b-n kiriladigan joy; podşoh, sulton yoki xonning qabulxonasi. B. ga maxsus imtiyozli kişilar (mas, tarxon, otaliq va b.) dan bölak barça mansabdorlar eşik oğaboşi orqali hukmdordan ijozat olgaçgina kira olgan. Harbiy yuriş, şikor va safar çoğida hukmdor çodirining saroparda b-n ajratilgan qismi B. vazifasini ötagan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    БОРГОҲ (форс. — подшоҳ чодири) — махсус ижозат б-н кириладиган жой; подшоҳ, султон ёки хоннинг қабулхонаси. Б. га махсус имтиёзли кишилар (мас, тархон, оталиқ ва б.) дан бўлак барча мансабдорлар эшик оғабоши орқали ҳукмдордан ижозат олгачгина кира олган. Ҳарбий юриш, шикор ва сафар чоғида ҳукмдор чодирининг саропарда б-н ажратилган қисми Б. вазифасини ўтаган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.