Bornxolm
Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 541-b. — ziyouz.com
Bornxolm — Boltiq dengizining jan.ğarbidagi orol. Daniyaga qaraşli. Mayd. 588 km2. Aholisi 45,2 ming kişi (1993). Eng katta şahri va porti — Ryonne. Yer yuzasi sertepa tekislik, bal. 162 m gaça, sohil böyi qumtepalardan iborat. Kaolin va gil konlari bor. Granit qazib olinadi. Igna bargli va keng bargli örmonlar, yaylovlar bor. Don ekiş, qöyçilik, baliq ovlaş muhim örin tutadi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
БОРНХОЛЬМ — Болтиқ денгизининг жан.ғарбидаги орол. Данияга қарашли. Майд. 588 км2. Аҳолиси 45,2 минг киши (1993). Энг катта шаҳри ва порти — Рённе. Ер юзаси сертепа текислик, бал. 162 м гача, соҳил бўйи қумтепалардан иборат. Каолин ва гил конлари бор. Гранит қазиб олинади. Игна баргли ва кенг баргли ўрмонлар, яйловлар бор. Дон экиш, қўйчилик, балиқ овлаш муҳим ўрин тутади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.