Bösağa
Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 865-b. — ziyouz.com
Bösağa BÖSAĞA, ostona —turkiy xalqlarda, jumladan qoraqalpoqlarda ötovning kiriş joyi (ostonasi). Kelin kuyovning yoki kuyov kelinning uyiga ilk marotaba qadam qöyişida ötov ostonasiga ta'zim qiladi. Mayyitni ötovdan olib çiqişda ham boşini 3 marta ostonaga tegizib olinadi. Tuğilgan çaqaloqning kindigi va yöldoşini ostona tagiga kömilgan. Ötovni örnatiş ham ostonadan boşlangan.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
БЎСАҒА, остона —туркий халқларда, жумладан қорақалпоқларда ўтовнинг кириш жойи (остонаси). Келин куёвнинг ёки куёв келиннинг уйига илк маротаба қадам қўйишида ўтов остонасига таъзим қилади. Маййитни ўтовдан олиб чиқишда ҳам бошини 3 марта остонага тегизиб олинади. Туғилган чақалоқнинг киндиги ва йўлдошини остона тагига кўмилган. Ўтовни ўрнатиш ҳам остонадан бошланган.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.