Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Bosimli yer osti suvi

    Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 549-b. — ziyouz.com

    Bosimli yer osti suvi — artezian havzalaridagi har xil bosimli suv, yoriq — karst suvi va oqimda bölgan burği quduği orqali yer yuziga kötarila olmaydigan bosimli grunt suvi. Bunday suvlarning ta'minlanişi atmosfera yoğinlarining yerga singişi va Yer qobiğidagi qatlamlarning elizion (siqiliş) harakati hisobiga yuz beradi. Tabiiy holda bunday suvlar tabiiy buloq, yuqori haroratli şör suv va karbonat angidridli (CO2) suvlar körinişida yer yuzasiga oqib çiqadi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    БОСИМЛИ ЕР ОСТИ СУВИ — артезиан ҳавзаларидаги ҳар хил босимли сув, ёриқ — карст суви ва оқимда бўлган бурғи қудуғи орқали ер юзига кўтарила олмайдиган босимли грунт суви. Бундай сувларнинг таъминланиши атмосфера ёғинларининг ерга сингиши ва Ер қобиғидаги қатламларнинг элизион (сиқилиш) ҳаракати ҳисобига юз беради. Табиий ҳолда бундай сувлар табиий булоқ, юқори ҳароратли шўр сув ва карбонат ангидридли (СО2) сувлар кўринишида ер юзасига оқиб чиқади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.