Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Braşpil

    Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 632-b. — ziyouz.com

    Braşpil (gollandça — braadspil) — kema yakorini kötaruvçi, zanjir va sim arqonlarni yiğib oluvçi çiğir. Gorizontal valga örnatilgan ikki barabani ham böladi. Kemaning tumşuq qismiga örnatiladi. Katta kemalarda buğ porşenli maşinalar yoki elektr dvigatellari b-n, kiçik kemalarda dastaki motor yoki asosiy dvigatel b-n harakatga keltiriladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    БРАШПИЛ (голландча — braadspil) — кема якорини кўтарувчи, занжир ва сим арқонларни йиғиб олувчи чиғир. Горизонтал валга ўрнатилган икки барабани ҳам бўлади. Кеманинг тумшуқ қисмига ўрнатилади. Катта кемаларда буғ поршенли машиналар ёки электр двигателлари б-н, кичик кемаларда дастаки мотор ёки асосий двигатель б-н ҳаракатга келтирилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.