Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Braziliya oqimi

    Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 625-b. — ziyouz.com

    Braziliya oqimi — Atlantika okeanidagi iliq oqim. Jan. Passat oqimining Jan. Amerika qirğoklari yaqinidagi tarmoği. SanRoki burni (Jan. Amerika) dan boşlanib, Braziliya qirğoqlari böylab 40° jan. kenglikkaça boradi, bu yerda Folklend sovuq okimi va Ğarbiy Şamollar oqimi nomli sovuq oqim b-n töqnaşadi. Tezligi soatiga 1—2 km. T-rasi 18—26°. Şörligi 35— 37,25%o va undan ortiq.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    БРАЗИЛИЯ ОҚИМИ — Атлантика океанидаги илиқ оқим. Жан. Пассат оқимининг Жан. Америка қирғоклари яқинидаги тармоғи. СанРоки бурни (Жан. Америка) дан бошланиб, Бразилия қирғоқлари бўйлаб 40° жан. кенгликкача боради, бу ерда Фолкленд совуқ окими ва Ғарбий Шамоллар оқими номли совуқ оқим б-н тўқнашади. Тезлиги соатига 1—2 км. Т-раси 18—26°. Шўрлиги 35— 37,25%о ва ундан ортиқ.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.