Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Bremsberg

    Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 636-b. — ziyouz.com

    Bremsberg (nem. Bremse — tormoz va Berg — tepalik) — 1) yuqori gorizontdagi foydali qazilma mexanik qurilma yordamida pastki gorizontga tuşiriladigan kiya yer osti yölagi; 2) yukni vagonetkalarda qiya t.y.dan pastga tuşiradigan qurilma. Vagonetkalar sim arqon (kanat) ning ikki uçiga mahkamlab qöyiladi. Sim arqon tormozli şkivga kiydiriladi. Yukli vagonetkalar öz oğirligi b-n pastga tuşganda böşagan vagonetkalar yuqoriga kötariladi. B.dan örmon xöjaligida, kon işlarida, quriliş va b. işlarida foydalaniladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    БРЕМСБЕРГ (нем. Bremse — тормоз ва Berg — тепалик) — 1) юқори горизонтдаги фойдали қазилма механик қурилма ёрдамида пастки горизонтга тушириладиган кия ер ости йўлаги; 2) юкни вагонеткаларда қия т.й.дан пастга туширадиган қурилма. Вагонеткалар сим арқон (канат) нинг икки учига маҳкамлаб қўйилади. Сим арқон тормозли шкивга кийдирилади. Юкли вагонеткалар ўз оғирлиги б-н пастга тушганда бўшаган вагонеткалар юқорига кўтарилади. Б.дан ўрмон хўжалигида, кон ишларида, қурилиш ва б. ишларида фойдаланилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.