Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Brezent

    Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 634-b. — ziyouz.com

    Brezent (gollandça presenning) — namga çidamli va çirişga qarşi modda (emulsiya) şimdirilgan suv ötkazmas mato. Ziğir tolasidan yoki ziğir tolasi b-n paxta tolasi aralaşmasidan töqiladi. Undan çodir, plaşpalatka, maxsus kiyimboş, poyabzal tikiladi. Oçiqda saqlanadigan yuklarni, paxta ğaramlarini qoryomğir va quyoş ta'siridan saqlaş uçun ham işlatiladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    БРЕЗЕНТ (голландча presenning) — намга чидамли ва чиришга қарши модда (эмульсия) шимдирилган сув ўтказмас мато. Зиғир толасидан ёки зиғир толаси б-н пахта толаси аралашмасидан тўқилади. Ундан чодир, плашпалатка, махсус кийимбош, пойабзал тикилади. Очиқда сақланадиган юкларни, пахта ғарамларини қорёмғир ва қуёш таъсиридан сақлаш учун ҳам ишлатилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.