Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    «Bufer kreditlar»

    Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 743-b. — ziyouz.com

    «Bufer kreditlar» «BUFER KREDITLAR», qalqon kreditlar — Xalqaro valyuta fondi ajratadigan kredit turi. Jahon bozorlarida xom aşyo va materiallar narxini barqarorlaştirib turiş maqsadida barpo etiladigan xom aşyo tovarlarining ehtiyot zaxiralarini saklab turişni moliyalaşga ajratiladi. Narxlar keskin pasayib ketganda «B.k.»lar vositalaridan foydalanib xom aşyo xaridi köpaytiriladi va şu yöl b-n ularning zarur ğamlama darajasi töldiriladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    «БУФЕР КРЕДИТЛАР», қалқон кредитлар — Халқаро валюта фонды ажратадиган кредит тури. Жаҳон бозорларида хом ашё ва материаллар нархини барқарорлаштириб туриш мақсадида барпо этиладиган хом ашё товарларининг эҳтиёт захираларини саклаб туришни молиялашга ажратилади. Нархлар кескин пасайиб кетганда «Б.к.»лар воситаларидан фойдаланиб хом ашё хариди кўпайтирилади ва шу йўл б-н уларнинг зарур ғамлама даражаси тўлдирилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.