Buğ taqsimlaş
Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 824–825-b. — ziyouz.com
Buğ taqsimlaş — buğ maşinasi silindriga yangi buğ beriş va undan işlatilgan buğni çiqariş jarayonlarini boşqariş. Silindrning kiritiş va çiqariş kanallarini zolotniklar, klapanlar, bevosita porşenning özi (töğri oqimli maşinalarda) yoki jömraklar yordamida (porşenning harakat qonuniga aniq amal qilgan holda) navbatmanavbat oçib va yopib amalga oşiriladi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
БУҒ ТАҚСИМЛАШ — буғ машинаси цилиндрига янги буғ бериш ва ундан ишлатилган буғни чиқариш жараёнларини бошқариш. Цилиндрнинг киритиш ва чиқариш каналларини золотниклар, клапанлар, бевосита поршеннинг ўзи (тўғри оқимли машиналарда) ёки жўмраклар ёрдамида (поршеннинг ҳаракат қонунига аниқ амал қилган ҳолда) навбатманавбат очиб ва ёпиб амалга оширилади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.