Buğlatib sovitiş
Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 831-b. — ziyouz.com
Buğlatib sovitiş — sanoat peçlari (domna, marten va b. peçlar) ning qismlarini sovitiş usuli; işi peç sovitkiçlarining berk tizimlarida aylanadigan suvning buğlaniş issiqligidan foydalanişga asoslangan. Trubani quyqa hosil böliş va zanglaşdan saqlaş uçun kimyoviy tozalangan suv işlatiladi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
БУҒЛАТИБ СОВИТИШ — саноат печлари (домна, мартен ва б. печлар) нинг қисмларини совитиш усули; иши печь совиткичларининг берк тизимларида айланадиган сувнинг буғланиш иссиқлигидан фойдаланишга асосланган. Трубани қуйқа ҳосил бўлиш ва занглашдан сақлаш учун кимёвий тозаланган сув ишлатилади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.