Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Bulbulak

    Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 687-b. — ziyouz.com

    Bulbulak — 1) torli musiqa çolğulari dastasining yuqori qismidagi («şayton») xarak. B. qadimiy yozma manbalarda «anaf» deyilgan. U yoğoç yoki suyakdan yasaladi. Torli asboblarning quloqlar joylaşgan tomoniga, pastki xarak röparasiga örnatiladi. B. torlarni dasta va pardalarga tegizmay kötarib turadi; 2) bolalar puflab çaladigan huştak (öyinçoq). Loydan quştumşuq obdasta şaklida yasalib, olovda pişiriladi. Içiga suv solib, jömragidan puflaganda bulbul sayraganday tovuş beradi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    БУЛБУЛАК — 1) торли мусиқа чолғулари дастасининг юқори қисмидаги («шайтон») харак. Б. қадимий ёзма манбаларда «анаф» дейилган. У ёғоч ёки суякдан ясалади. Торли асбобларнинг қулоқлар жойлашган томонига, пастки харак рўпарасига ўрнатилади. Б. торларни даста ва пардаларга тегизмай кўтариб туради; 2) болалар пуфлаб чаладиган ҳуштак (ўйинчоқ). Лойдан қуштумшуқ обдаста шаклида ясалиб, оловда пиширилади. Ичига сув солиб, жўмрагидан пуфлаганда булбул сайрагандай товуш беради.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.