Burgutli dovoni
Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 705-b. — ziyouz.com
Burgutli dovoni — Turkiston tizma toğlarining suvayirğiç qismidagi dovon. Özbekiston Respublikasi b-n Tojikiston Respublikasi çegarasida joylaşgan. Balandligi qariyb 2960 m. B. d. orqali Sangzor vodiysidan Zarafşon vodiysiga piyoda yoki ulovda ötiş mumkin. Sangzor daresining yuqori oqimidagi Kökjarsoy orqali kötarilib B. d.dan Zarafşon daryosi vodiysiga (Ziddi, Mingdona qişloqlari) Kozboysoydagi yöl b-n tuşiladi. B. d.dan iyun—sent. oylarida foydalaniş mumkin.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
БУРГУТЛИ ДОВОНИ — Туркистон тизма тоғларининг сувайирғич қисмидаги довон. Ўзбекистон Республикаси б-н Тожикистон Республикаси чегарасида жойлашган. Баландлиги қарийб 2960 м. Б. д. орқали Сангзор водийсидан Зарафшон водийсига пиёда ёки уловда ўтиш мумкин. Сангзор даресининг юқори оқимидаги Кўкжарсой орқали кўтарилиб Б. д.дан Зарафшон дарёси водийсига (Зидди, Мингдона қишлоқлари) Козбойсойдаги йўл б-н тушилади. Б. д.дан июнь—сент. ойларида фойдаланиш мумкин.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.