Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Burqutlar

    Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 726-b. — ziyouz.com

    Burqutlar — özbek qabilalaridan biri. B. asosan Zarafşon vohasida (hoz. Poyariq. Narpay, Navoiy, Ğijduvon tumanlarida), qisman Mirzaçölda (Jizzax yaqinida) joylaşgan. 18-a.ning 50-y.larida B. Buxoro xonligiga qarşi katta qözğolon kötargan. Qözğolonni hukumat qöşinlari bostirgaç, B.ning bir qismi Zarafşon vohasidan Hisor vodiysiga köçirilgan. Özbekistonda yaşagan B. ötroqlaşib, mahalliy aholi b-n aralaşib ketgan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    БУРҚУТЛАР — ўзбек қабилаларидан бири. Б. асосан Зарафшон воҳасида (ҳоз. Пойариқ. Нарпай, Навоий, Ғиждувон туманларида), қисман Мирзачўлда (Жиззах яқинида) жойлашган. 18-а.нинг 50-й.ларида Б. Бухоро хонлигига қарши катта қўзғолон кўтарган. Қўзғолонни ҳукумат қўшинлари бостиргач, Б.нинг бир қисми Зарафшон воҳасидан Ҳисор водийсига кўчирилган. Ўзбекистонда яшаган Б. ўтроқлашиб, маҳаллий аҳоли б-н аралашиб кетган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.