Buxgalteriya hisobi
Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 746–747-b. — ziyouz.com
Buxgalteriya hisobi — xöjalik hisobi turlaridan biri; xöjalik faoliyati jarayonida korxona mablaglarining aylanişi va mulk harakatini ifodalovçi ma'lumotlar majmuasi. B.h. joriy hujjatlarga asoslanadi, uzluksiz, özaro bir-biriga boğliq bölgan mablağlar va xöjalik operatsiyalarini pul hisobida aks ettiradi, yagona qoida va xalqaro standartlarga moye ravişda taşkil etiladi. ÖzR da B.h. 1996 y. 30 avg.da qabul qilingan «Buxgalteriya hisobi töğrisida»gi Qonun hamda xalqaro şartnomalarga muvofiq yuritiladi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
БУХГАЛТЕРИЯ ҲИСОБИ — хўжалик ҳисоби турларидан бири; хўжалик фаолияти жараёнида корхона маблагларининг айланиши ва мулк ҳаракатини ифодаловчи маълумотлар мажмуаси. Б.ҳ. жорий ҳужжатларга асосланади, узлуксиз, ўзаро бир-бирига боғлиқ бўлган маблағлар ва хўжалик операцияларини пул ҳисобида акс эттиради, ягона қоида ва халқаро стандартларга мое равишда ташкил этилади. ЎзР да Б.ҳ. 1996 й. 30 авг.да қабул қилинган «Бухгалтерия ҳисоби тўғрисида»ги Қонун ҳамда халқаро шартномаларга мувофиқ юритилади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.