Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    «Buyuk uruş»

    Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 818-b. — ziyouz.com

    «Buyuk uruş» — Polşa qirolligi va Buyuk Litva knyazligining Tevton ordeni b-n bölgan uruşi (1409— 11). Gryunvald jangi (1410)da Tevton ordeni mağlubiyatga uçragan. Torun sulhi (1411)ga köra Tevton ordeni Jemaytiya va Dobjin yerlariga bölgan da'vosidan voz keçib, Polşa va Litvaga tovon tölab turdi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    «БУЮК УРУШ» — Польша қироллиги ва Буюк Литва князлигининг Тевтон ордени б-н бўлган уруши (1409— 11). Грюнвальд жанги (1410)да Тевтон ордени мағлубиятга учраган. Торунь сулҳи (1411)га кўра Тевтон ордени Жемайтия ва Добжин ерларига бўлган даъвосидан воз кечиб, Польша ва Литвага товон тўлаб турди.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.