Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Byudjet indeksi

    Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 838–839-b. — ziyouz.com

    Byudjet indeksi — aholining ayrim toifalari iste'mol töplami (iste'mol savati)ga kiradigan muayyan iste'mol tovarlari narxi va xizmatlar tariflaridagi özgarişlarni tavsiflaydigan indeks. Tovarlar narxi va xizmatlar tarifi ösişi b-n boglik bölgan asosiy iste'mol xarajatlarini, bozor qiymatidagi özgarişlarni aks ettiradi. B. i. aholi iste'mol qiladigan muayyan tovarlarga va körsatilgan xizmatlarga sarflangan ayni davrdagi xarajatlarni ötgan (bazis) davrdagi xarajatlarga nisbatan qanday özgarganligini körsatadi. B. i. aholi farovonligini baholaşda eng muhim körsatkiçlardan biri hisoblanadi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    БЮДЖЕТ ИНДЕКСИ — аҳолининг айрим тоифалари истеъмол тўплами (истеъмол савати)га кирадиган муайян истеъмол товарлари нархи ва хизматлар тарифларидаги ўзгаришларни тавсифлайдиган индекс. Товарлар нархи ва хизматлар тарифи ўсиши б-н боглик бўлган асосий истеъмол харажатларини, бозор қийматидаги ўзгаришларни акс эттиради. Б. и. аҳоли истеъмол қиладиган муайян товарларга ва кўрсатилган хизматларга сарфланган айни даврдаги харажатларни ўтган (базис) даврдаги харажатларга нисбатан қандай ўзгарганлигини кўрсатади. Б. и. аҳоли фаровонлигини баҳолашда энг муҳим кўрсаткичлардан бири ҳисобланади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.