Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Byudjet tizimi

    Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 840-b. — ziyouz.com

    Byudjet tizimi — davlat, ma'muriy hudud, ba'zi (mustaqil byudjetli) muassasalar byudjetlarining iqtisodiy munosabatlar va huquqiy meyorlarga asoslangan majmui. Özbekistonda B. t. davlat byudjeta, Qoraqalpoğiston Respublikasi byudjeti, mahalliy (viloyat, şahar, tuman va b.) byudjetlardan tarkib topadi. Şuningdek davlat ijtimoiy suğurta byudjeti xam davlat byudjeti tarkibiga kiradi. Özbekiston Respublikasida B.t. masalalari «Byudjet tizimi töğrisida» qonun (2000 y., 14 dek.) b-n tartibga solinadi. Davlat byudjeti parlament tomonidan (Özbekistonda Oliy Majlis), viloyat, şahar, tuman va b.da tegişli xalq deputatlari kengaşi sessiyasida tasdiqlanadi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    БЮДЖЕТ ТИЗИМИ — давлат, маъмурий ҳудуд, баъзи (мустақил бюджетли) муассасалар бюджетларининг иқтисодий муносабатлар ва ҳуқуқий меъёрларга асосланган мажмуи. Ўзбекистонда Б. т. давлат бюджета, Қорақалпоғистон Республикаси бюджети, маҳаллий (вилоят, шаҳар, туман ва б.) бюджетлардан таркиб топади. Шунингдек давлат ижтимоий суғурта бюджети хам давлат бюджети таркибига киради. Ўзбекистон Республикасида Б.т. масалалари «Бюджет тизими тўғрисида» қонун (2000 й., 14 дек.) б-н тартибга солинади. Давлат бюджети парламент томонидан (Ўзбекистонда Олий Мажлис), вилоят, шаҳар, туман ва б.да тегишли халқ депутатлари кенгаши сессиясида тасдиқланади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.