Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Çandigarh

    Manba: ÖzME, 9-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 19–20-b. — ziyouz.com

    Çandigarh — Hindistonning şim.ğarbiy qismidagi şahar, Himolay toğlari etagida. Panjob va Xaryana ştatlarining (uşbu ştatlar tarkibiga kirmaydi) hamda Çandigarh ittifoqdoş hududining ma'muriy markazi. Aholisi 746 ming kişi (2001). Yetakçi sanoat tarmoqlari: kimyo va maşinasozlik, şuningdek, oziq-ovqat, jun, trikotaj va farmatsevtika sanoati korxonalari, universitet bor. Şahar 1951—56 ylarda hind va xorijiy me'morlar loyihasi asosida qurilgan. Köçalari töğri, binolari zamonaviy uslubda, hind va Yevropa me'morligi uslublaridan uyğunlikda foydalanib qurilgan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ЧАНДИГАРҲ — Ҳиндистоннинг шим.ғарбий қисмидаги шаҳар, Ҳимолай тоғлари этагида. Панжоб ва Харьяна штатларининг (ушбу штатлар таркибига кирмайди) ҳамда Чандигарҳ иттифоқдош ҳудудининг маъмурий маркази. Аҳолиси 746 минг киши (2001). Етакчи саноат тармоқлари: кимё ва машинасозлик, шунингдек, озиқ-овқат, жун, трикотаж ва фармацевтика саноати корхоналари, университет бор. Шаҳар 1951—56 йларда ҳинд ва хорижий меъморлар лойиҳаси асосида қурилган. Кўчалари тўғри, бинолари замонавий услубда, ҳинд ва Европа меъморлиги услубларидан уйғунликда фойдаланиб қурилган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.