Çavandozlar
Manba: ÖzME, 9-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 2-b. — ziyouz.com
Çavandozlar — 1) bir qator antik davlatlar (Qad. Afina, Rim va Fessaliya)da aslzodalar qatoridagi imtiyozli tabaqa. Ular aslzodalar kabi katta mulklarga ega bölgan. Ç. tarkibiga katta yer egalari, harbiylar, sudxörlar, yirik savdogarlar va b. kirgan; 2) Sosoniylar Eronidagi alohida ijtimoiy tabaqa bölib, Ğarbiy Yevropadagi ritsarlikka yaqin turgan; 3) ot çoptiriş, uloq çopiş, otda öynaş san'atini egallagan odam.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ЧАВАНДОЗЛАР — 1) бир қатор антик давлатлар (Қад. Афина, Рим ва Фессалия)да аслзодалар қаторидаги имтиёзли табақа. Улар аслзодалар каби катта мулкларга эга бўлган. Ч. таркибига катта ер эгалари, ҳарбийлар, судхўрлар, йирик савдогарлар ва б. кирган; 2) Сосонийлар Эронидаги алоҳида ижтимоий табақа бўлиб, Ғарбий Европадаги рицарликка яқин турган; 3) от чоптириш, улоқ чопиш, отда ўйнаш санъатини эгаллаган одам.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.