Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Çenstoxova

    Manba: ÖzME, 9-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 49-b. — ziyouz.com

    Çenstoxova — Polşaning jan. qismidagi şahar. Varta daryosi böyida. Çenstoxova voyevodaligining ma'muriy markazi. Aholisi 248,9 ming kişi (2004). Transport yöllari çorrahasi. Metallurgiya kti, maşinasozlik, töqimaçilik, oziq-ovqat, qoğoz, mebel sanoati korxonalari bor. Me'moriy yodgorliklardan 15—18-a.larda qurilgan binolar (paulinlar monastiri) saklangan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ЧЕНСТОХОВА — Польшанинг жан. қисмидаги шаҳар. Варта дарёси бўйида. Ченстохова воеводалигининг маъмурий маркази. Аҳолиси 248,9 минг киши (2004). Транспорт йўллари чорраҳаси. Металлургия кти, машинасозлик, тўқимачилик, озиқ-овқат, қоғоз, мебель саноати корхоналари бор. Меъморий ёдгорликлардан 15—18-а.ларда қурилган бинолар (паулинлар монастири) сакланган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.