Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Çeskebudeyovitse

    Manba: ÖzME, 9-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 62-b. — ziyouz.com

    Çeskebudeyovitse - Çexiyadagi şahar, Vltava daryosi buyida. Budeyovitse viloyatining ma'muriy markazi. Aholisi 98 ming kişi (2000). Maşinasozlik, oziq-ovqat («Budvar» pivo zdi va b.), yoğoçsozlik (qoğoz, «KoxiNor» qalami va b. kanselyariya buyumlari i.ç.) sanoati korxonalari mavjud. Örta asrlarga oid me'moriy yodgorliklar (gotika uylari, monastirlar, çerkovlar va ratuşa) saqlangan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ЧЕСКЕБУДЕЁВИЦЕ - Чехиядаги шаҳар, Влтава дарёси буйида. Будеёвице вилоятининг маъмурий маркази. Аҳолиси 98 минг киши (2000). Машинасозлик, озиқ-овқат («Будвар» пиво зди ва б.), ёғочсозлик (қоғоз, «КохиНор» қалами ва б. канцелярия буюмлари и.ч.) саноати корхоналари мавжуд. Ўрта асрларга оид меъморий ёдгорликлар (готика уйлари, монастирлар, черковлар ва ратуша) сақланган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.