Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Çibis

    Manba: ÖzME, 9-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 77-b. — ziyouz.com

    Çibis (Vanellus vanellus) — rjankasimonlar oilasiga mansub quş. Uz. 30 sm ga yaqin. Qanotlari keng. Boşida uzun va ingiçka kokili bor. Yevrosiyoda tarqalgan. Uçib ketuvçi quş. Köpinça koloniya bölib botqoqliklar, ötloqlar va b. dalalarda uya quradi. 4 ta tuxum qöyadi. Ayrim joylarda tuxumlari ovqatga işlatiladi. Özbekistonda quşlar uçib ötiş davrida uçraydi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ЧИБИС (Vanellus vanellus) — ржанкасимонлар оиласига мансуб қуш. Уз. 30 см га яқин. Қанотлари кенг. Бошида узун ва ингичка кокили бор. Евросиёда тарқалган. Учиб кетувчи қуш. Кўпинча колония бўлиб ботқоқликлар, ўтлоқлар ва б. далаларда уя қуради. 4 та тухум қўяди. Айрим жойларда тухумлари овқатга ишлатилади. Ўзбекистонда қушлар учиб ўтиш даврида учрайди.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.