Çili Çili Respublika s i
Manba: ÖzME, 9-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 87–92-b. — ziyouz.com
Matn sifati past bölişi mumkin. Bu maqola PDF'dagi buzuq belgilar bilan olingan (işonç 85%): ayrim söz va raqamlar xato bölişi mumkin — iqtibos keltirişdan oldin asl matn bilan solişting.
Çili Çili Respublika s i ÇILI (Chile) Çili Respublika s i (Republica de Chile) — Jan. Amerikaning jan.ğarbida joylaşgan davlat. Mayd. 756,9 ming km2. Aholisi 15,824 mln. kişi (2003). Poytaxti — Santyago ş. Ma'muriy jihatdan 13 viloyat (region), jumladan, Santyago poytaxt viloyatiga bölinadi.
Davlat tuzumi. Ç. — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1980 y.da kabul qilingan va 1981 y.dan kuçga kirgan; 1989, 1994, 2004 y.larda tuzatişlar kiritilgan. Davlat boşliği — prezident (2000 y.dan Rikardo Lagos Eskobar), u umumiy töğri va yaşirin ovoz beriş nuli bilan 4 y. mudsatga saylanadi. Qonun çiqaruvçi hokimiyatni senat va deputatlar palatasidan iborat Milliy kongress, ijroçi hokimiyatni prezident amalga oşiradi; prezident xukumatga ham boşçilik qiladi.
Tabiati. Ç. şim.dan jan.ga Tinç okean sohili böylab 4300 km ga çözilgan, hududining katta qismini And toğlari (bal. 6880 m gaça), şim.ni Atakama çöli egallagan. Mamlakat jan. da Patogoniya tekisligi joylaşgan. Ç. hududi tarkibiga qirğoqqa yaqin bir neça orol, Olovli Yer o.ning garbiy qismi hamda Tinç okeandagi ba'zi orollar (Pasxa o. va b.) kiradi. Relyefida 3 böylama mintaqa yaqqol körinadi: şarqda Andning Boş Kordilyera toğlari, ğarbda sohil böyi Kordilyera tizmasi va toğ oraliği botiğida Böylama vodiy bor. Ç.da vulkan köp; teztez zilzilalar bölib turadi. Ç. hududida mis, tabiiy selitra, molibden, sof oltingugurt, temir rudasi, marganets, qörğoşin, oltin, kumuş, toşkömir, rux, barit, neft, gaz konlari bor. Iqlimi şim. qismida tropik çöl iklimi (yillik yoğin 50 mm dan kam). Subtropik Örta Ç. ning şim.da iqlim quruq (yillik yoğin 100—200 mm), markazida örta dengiz iqlimi, qişda yomğir yoğadi (Santyago ş.da yiliga 350 mm), jan.da nam subtropik ikdim (yillik yoğin 2000—2500 mm). Janubiy Ç.da iklim mö'tadil okean iklimi, yoğin köp yoğadi (yiliga 3000—7000 mm). Toğlarda muzliklar bor. Örtaça oylik tra şim.da 12—16° dan (iyulda) 18— 22° gaça (yanv. da), markazida 8—20°, jan. da 8—15°. Deyarli hamma daryolari juda qisqa va Tinç okean xavzasiga mansub. Şimoliy Ç.da Loa daryosidan boşqa oqar su v yöq. Jan. da esa daryolar yil davomida sersuv. Şimoliy Ç.da tuproq va ösimlik qoplami yaxşi rivojlanmagan. Örta Ç.ning şim. çala çöl, markazida sur jigarrang va jigarrang tuproklarda kserofil butalar usadi. And toğlarining örta yon bağirlari qoraqayin örmonlari bilan qoplangan, undan yuqorisi toğ daştlari. Örta Ç.ning jan.dagi qönğir örmon va botqoqli tuproqlarda qalin örmonlar, And toğlarida qoraqayinigna bargli örmonlar va alp ötloklari bor. Jan. da subantarktika aralaş örmonlari, çekka jan.da botqoqlaşgan ötloqlar va torfli yerlar uçraydi. hayvonot dunyosi xilmaxil. Ç. şimolida aguaraçay tulkisi, puma, sudralib yuruvçilar, jan.da pudu va uemul buğulari, amerika sassiqközani, suvsar, magellan tulkisi va b. yaşaydi. Ç.da Vilyarrika, BernardoO' Xiggins, AlbertoAgostini, LosParaguas, PeresRosales va b. milliy boğlar hamda qöriqxonalar taşkil etilgan (jumladan, Pasxa va XuanFernandes o.larida).
Aholisining 90% çililar. Mamlakatning tub aholisi araukan, keçua va aymara indeyslaridir. Rasmiy til — ispan tili. Dindorlarning aksariyati katoliklar. Şahar aholisi 86%. Yirik şaharlari — Santyago, Valparaiso, VinyadelMar.
Tarixi. Ç. hududida qadimdan indeys qabilalari yaşagan. 15-a.da mamlakatning şim. qismini inklar egallab oldi. 16-a.ning 30-y.larida Ç.ga ispan konkistadorlari bostirib kirdi. 16-a. ning örtalarida Ç. hududi Ispaniyaning Peru vitseqirolligi tarkibiga kirgan. 1810 y. iyulda ispanlar zulmiga qarşi xalq qözğoloni boşlandi. 18 sent.da milliy hukumat xuntasi taşkil topdi. Amerika qit'asidagi Ispaniya mustamlakalarining mustaqillik uçun olib borgan uruşi yillarida (1810—26) Ç. mustaqilligi e'lon qilindi (1818 y. 12 fev.). 1823 y. qulçilik bekor qilindi. 19-a. örtalaridan Ç.ga çet el sarmoyalari kirib kela boşladi. 1865—66 y.larda Ç. Peru, Boliviya va Ekvador bilan birgalikda Ispaniyaga, 1879—84 y.larda Buyuk Britaniya yordamida Peru va Boliviyaga karşi uruş olib bordi. Natijada bu davlatlarning selitra zaxiralariga boy hududlari Ç.ga ötdi. Bu mamlakatda konçilik sanoatining rivojlanişiga imkon yaratdi. ljahon uruşi yillari (1914—18) Ç. betaraflik e'lon qildi. 1927 y.gi davlat töntarişi natijasida mamlakatda harbiy diktatura örnatildi, siyosiy partiyalar, işçi va kasaba uyuşma taşkilotlari faoliyati taqiqlandi. 1936 y. Ç.da Kommunistik, Radikal va Sotsialistik partiyalar iştirokida Xalq fronti tuzildi va uning nomzodi P. Agirre Serda 1938 y.dagi prezident saylovida galaba qozondi. Hukumat bir qança ijtimoiyiqtisodiy tadbirlarni amalga oşirdi. 1941 y. öng sotsialistlarning sotqinligi tufayli Xalq fronti tarqalib ketdi. 2-jahon uruşi yillari (1939—45) Ç. Germaniya (1945 y. fev.) va Yaponiya (1945 y. apr.)ga karşi uruş e'lon qilgan bölsa ham amalda uruşda qatnaşmadi. 1947—58 y.lar hokimiyatni diktatorlik rejimi boşkardi. 1956 y. Çili KP (1922 y. tuzilgan) va Sotsialistik partiyasi (1933 y. asos solingan) Xalq harakati frontini, 1969 y. Kommunistik, Sotsialistik va b. söl partiyalar Xalk, birligi blokini taşkil etdilar. Xalq birligi bloki nomzodi S. Alyende Gossens saylovlarda ğalaba qozonib, mamlakat prezidentligiga saylandi. 1973 y.dagi harbiy töntariş paytida Alyende öldirildi va hokimiyat tepasiga A.Pinoçet boşçiligidagi harbiy xunta keldi. U 15 y.dan ortiq vakt davlatni boşqardi.
Bu davrda ommaviy repressiyalar avj oldirildi; şu bilan birga mamlakat iktisodiyoti Jan. Amerikadagi davlatlar örtasida oldingi örinlardan birini egalladi. Bu Ç.ga xalqaro iqtisodiy taşkilotlarga a'zo böliş imkoniyatini yaratdi. 1989 y.gi demokratik saylovlar natijasida A.Pinoçet hokimiyatdan ketdi va 1990 y.dan mamlakatni demokratik yöl bilan boşqariş şakli örnatildi. Ç. 1945 y.dan BMT a'zosi. ÖzR suverenitetini 1992 y. 18 martda tan olgan va 1994 y. 16 sent.da diplomatiya munosabatlari örnatgan. Milliy bayrami — 18 sent. — Mustaqillik kuni (1810).
Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyuşmalari. Ç. Kommunistik partiyasi, 1922 y. tuzilgan; Demokratiya uçun kuraş partiyasi, 1988 y. taşkil etilgan; Milliy yangilaniş partiyasi, 1987 y. tuzilgan; Ç. radikal sotsialdemokratik partiyasi; Ç. sotsialistik partiyasi, 1933 y. taşkil etilgan; Xristiandemokratik partiya, 1957 y. tuzilgan; Ç. birlaşgan sotsialistik partiyasi. Ç. mehnatkaşlari birlaşgan kasaba uyuşma markazi, 1988 y. Çili mehnatkaşlari yagona kasaba uyuşmasi markazi (1953) negizida taşkil etilgan.
Xujaligi. Ç. Lotin Amerikasidagi iktisodiy jihatdan nisbatan rivojlangan mamlakatlardan biri. Yalpi içki mahsulotda q.x. va baliq ovlaş uluşi 6,4%, sanoatniki 38,8%, xizmat körsatiş tarmoğiniki 54,8% ni taşkil etadi.
Sanoati.Ç. mis qazib oliş böyiça dunyoda oldingi örinlarda turadi (yiliga örtaça 2488 ming t). Şuningdek, tabiiy selitra, molibden, neft, temir rudasi, oltin, kumuş, tabiiy gaz, toşkömir qazib olinadi. Yiliga örtaça 25,2 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi. Sanoatning oziq-ovqat va yengil sanoat tarmoği rivojlangan. Maşinasozlik, qora va rangli metallurgiya, kimyo, neftni qayta işlaş, neft kimyosi, sellyulozaqoğoz sanoati rivojlanmoqda.
Qişloq xöjaligining asosiy tarmoği dehqonçilik. Buğdoy, arpa, makkajöxori, kartoşka, dukkakli don ekinlari ekiladi. Bogdorçilik (olma, sitrus mevalar, şaftoli) va tokçilik rivojlangan. Qand lavlagi, zigir, tamaki, zaytun yetiştiriladi. Çorvaçilikda qoramol, qöy, eçki, çöçqa, yilqi boqiladi. Yirik şaharlar atrofida sut çorvaçiligi rivojlangan. Dengizdan baliq va dengiz jonivorlari ovlanadi. Örmonda yoğoç tayyorlanadi.
Transporti. Mamlakat içkarisida yuk taşişda avtomobil transporti yetakçi örinda. Avtomobil yöllari uz. 79,8 ming km. T.y. uzunligi 6,6 ming km. Taşqi savdo aylanmasining asosiy qismi dengiz transportiga töğri keladi. Muhim dengiz portlari: Uasko, Valparaiso, Tokopilya. Santyago ş.da xalqaro aeroport bor. Ç. çetga mis, baliq va dengiz mahsulotlari, q.x. mahsulotlari, selitra, qoğoz, yod çiqaradi; çetdan neft, kimyo buyumlari, elektron va maşina jihozlari oladi. Taşqi savdoda AQŞ, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Argentina, Braziliya, Yaponiya,
Meksika bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — çili pesosi.
Tibbiy xizmati, maorifi, ilmiy va madaniyma'rifiy muassasalari. Ç.da vraçlar universitetlarning tibbiyot ftlarida tayyorlanadi.
Mamlakatda 6 yoşdan 14 yoşgaça bölgan bolalar uçun 8 y.lik majburiy ta'lim joriy etilgan. Asosiy deb nomlangan boşlanğiç maktabda öqiş 8 y., örta maktabda 4 y. Asosiy maktab negizida 4 y.lik hunartexnika maktablari va ped. bilim yurtlari işlaydi. Mamlakatda 8 universitet bor. Yiriklari: Çili universiteti (1843), Texnika davlat universiteti (1947), Katolik universitet (1888); hammasi Santyago ş.da. Şuningdek, 3 oliy kollej, konservatoriya va amaliy san'at maktabi mavjud. Ilmiy muassasalar, asosan, Santyago ş.da joylaşgan. I.t.lar Çili bakteriologiya inti (1929), meteorologiya xizmati (1894), harbiy geogr. inti (1922), geogr., geodeziya va geofizika milliy qömitasi (1955), gidrografiya inti (1874, Valparaiso), geol. inti (1957), Antarktida inti (1963), yadro energiyasini örganiş milliy markazi, Okeanografiya inti (1945, Valparaiso), Lebu ilmiy inti (1945, araukanlar tarixini örganadi), Ç. akademiyasi (1855), Ç. Tabiiy fanlar akademiyasi (1926), Ç. tarix akademiyasi (1940), Çili FA (1964)da olib boriladi. Yirik kutubxonalari: Ç. milliy kutubxonasi (1813), Çili universitetining markaziy kutubxonasi; ikkovi ham Santyago ş.da. Muzeylari — Milliy tarix muzeyi, Nafis san'at milliy muzeyi, Ped. muzeyi, hoz. zamon san'ati muzeyi, amerika xalqi san'ati muzeyi va b.
Matbuoti, radioeşittirişi va telekörsatuvi. Ç.da bir kança gaz. va jur. naşr etiladi. Asosiylari: «Analisis» («Tahlil», haftalik jur., 1977 y.dan), «Merkurio» («Merkuriy», kundalik gaz., 1827 y.dan), «Nason» («Millat», kundalik gaz., 1917 y.dan), «Oy» («Bugun», haftalik jur., 1977 y.dan), «Segunda» («Sekunda», kundalik keçki gaz., 1931 y.dan), «Tersera» («Çorak», kundalik gaz., 1950 y.dan), «Ultimas notisias» («Sönggi axborot», kundalik gaz., 1902 y.dan).
Orbe Servisnoye Informatios (SA) hukumat axborot agentligi 1953 y. fev.da tuzilgan. Ç. yangiliklar agentligi, 1993 y. asos solingan. Ç. radiostya assotsiatsiyam 1936 y. da taşkil etilgan; 455 radiostyani birlaştiradi. Ç. — 7 kanal milliy televideniyesi hukumat mahkamasi bölib, 145 styani birlaştiradi. Bir qança tijorat radio va televideniye styalari bor.
Adabiyoti Ç.ni Ispaniya bosib olgandan beri ispan tilida rivojlanmoqda. Ispaniyalik A. de ErsilyaiSuniga (1533—94)ning «Araukana» dostoni (1—3 qismlar, 1569—89) 16-a.da yaratilgan eng yirik asar hisoblanadi (unda araukanlarning ispan mustamlakaçilarga qarşi kuraşi aks ettirilgan). Bu davrda kreollar folklori ispan xalq şe'riyati asosida rivojlandi. Amerikadagi Ispaniya mustamlakalarining mustaqillik uçun kuraşi davri (1810— 26)da publitsistika asosiy janr bölib qoldi. Birinçi Ç. gazetasi — «Aurora de Çile» («Çilining tonggi şafaği») ning asosçisi K.Enrikes bu janrda ijod qilgan ijodkorlarning yorqin vakilidir. Milliy dramaturgiya asosini M.Magalyanes yaratdi. 1818 y. Çili mustaqillikka erişgaç, Lotin Amerikasi mamlakatlaridagi kup adiblar Ç.da yaşab ijod qildilar. Venesuela yozuvçisi, olim va davlat arbobi A.Belo, argentinalik yozuvçi, jamoat arbobi va ma'rifatparvar D.M.Sarmyanto va b. ijodi Ç. madaniyati rivojida muhim rol öynaydi. Ç. jamoat arbobi, olim va adib X.VLastarrin (1817—88) Ç. adabiyot jamğarmasini taşkil etib (1842), milliy adabiyotni yaratiş vazifasini qöydi. 19-a. 1yarmida şe'riyat romantizm ruhida rivojlandi (S.Sanfuentos, E.Lilo va b.). Nasrda kostumbrizm yetakçi yönaliş bölib qoldi. 19-a. örtalarida tanqidiy realizm maydonga keldi. A.Bleyet Gana (1830—1920) uning yirik vakilidir. 19-a. oxiri — 20-a. boşlarida P.A.Gonsales Bastias, M.Xara va b. şe'riyatda yangi badiiy şakllarni izlay boşladilar. Bunga ma'lum darajada nikaragualik şoir R.Dario ijodi ta'sir körsatdi. 1920-y. larda T.Mistral, V. Uydobro kabi şoirlar samarali ijod qildilar. 30-y.larda şoir P. Neruda ijodi çuqur evolyutsiyani boşidan keçirdi. Şu davrda ijod qilgan F. Gana, F.Santivan, L.Duran va b. öz asarlarida dehqonlar hayotini aks ettirdilar. Dehqonlarning sinfiy kuraşi R.Lomboy, M.Gerrero romanlarida, işçilar hayoti, ularning farovon kelajak uçun kuraşi N. Gusman, A.Sabeli, D.Munos, G.Senteno, V.Teytelboym romanlarida öz ifodasini topdi. F. Koloan, M.Roxas, G.Atias nasriy asarlari ijtimoiy muammolarga bağişlandi. 1960—70 y.larda siyosiy qöşiqlar janri keng tarqaldi. V. Xara bu janrda ijod qilgan ijodkorlarning yorqin vakilidir. Mamlakatda harbiy xunta hokimiyat tepasiga kelgaç (1973), köp adib va şoirlar ta'qib ostita olindi. Mamlakatni taşlab ketişga majbur bölgan adiblar öz asarlarida Ç. fojiasini aks ettirdilar (A.Skarmet, V.Teytelboym romanlari va b,).
Me'morligi. Ç. hududida yaşagan indeyslarning qad. san'atidan qal'alar, baland toş devor bilan öralgan 1—2 qavatli uylardan iborat qişloq xarobalari saqlangan. 16-a.dan fort, şaxar va çerkovlar, içki hovlisi bölgan 1 qavatli uylar qurildi. 18—19-a.larda barokko va klassitsizm uslubida şaxar binolari, çerkov va saroylar barpo etildi (me'morlar X. ToeskaiRiçi, M. de Xara Kemada). 19-a. Ç. me'morligida eklektizm, 20-a. boşlarida modern uslubi karor topdi. 20-a.ning örtalarida şaharlar qayta qurildi, zamonaviy me'moriy inşootlar, jumladan, «Gonsales Kortes» (1960—63, me'mor S.Gonsales va b.), «Portales» (1961—63, me'mor K.Breşani va b.) turar joy majmualari, Santyagoda Texnologiya inti (1962—65, me'mor K.Breşani va b.) bunyod etildi.
Tasviriy san'ati. Indeyslarning kad. madaniyati Peru madaniyati bilan boğliq. Turli şakllarda yasalgan va rayem solingan sopol idişlar, metall taqinçoqlar, odam va ov manzaralarining qoyatoşlarga işlangan tasviri saqlangan. Bu an'analar töquvçilik, kulolçilik, yoğoç öymakorligida öz aksini topgan. 18—19-a.larda manzara rassomligi va haykaltaroşligi, gravyura rivojlandi (A.Santelises). 19-a. örtalarida portretçilar F.X.Mandola, A.Gana, 19-a. 2yarmida rassomlar P.Lira va M.A.Kiro ijod qildilar. Rassomlar A.Valunsuela Lyanos, E.Plasa, haykaltaroşlar N.Plasa, V.Arias 19 va 20-a.ning realist ustalari bölgan. 20-a.da Ç.da turli modernistik oqimlar (kubizm, syurrealizm, abstraksionizm) keng tarqaldi. K.Ermosilya Alvares, G.Nunyes, P.Lbos, X.Eskames kabi rassomlar, L.Dominges, S. Roman Roxas kabi haykaltaroşlar realistik an'analarda ijod qildilar.
Musiqasi. Ç.ning qad. musiqa madaniyatini tub joy aholisi avlodlari, avvalo, araukanlar saqlab kelmoqdalar. Ularning asosiy musiqa asboblari: zarbli — baraban (kultrun), şakildoq (uada); puflama — trutruka, lolkin, pifyulka. Kreollar xalq musiqasi argentina xalq musiqasiga yaqin. Qöşiqraqs janrlari — kueka, kuando, qöşiq janri — tonada (yakka ijro etiladigan lirik qöşiq). Musiqa çolğu asboblari — gitara, arfa, gi . tarron. 19-a. Santyagoda filarmoniya jamiyati tuzildi (1827), musiqa maktabi oçildi (1849; 1851 y.dan konservatoriya). Kompozitorlardan M.Robles Ortis de Sarate (19-a.), K.Lavin, P.U. Alyende Saron, X.Urrutia Blondel, E.Soro, D.SantaKrus Vilson (20-a.), dirijyorlar A.Karvaxal, V.Teva, pianinoçilar K.Arrou, X.Reyes, skripkaçi P. d' Andurayn maşhur. Santyagoda Ç. simfonik orkestri (1941 y. taşkil etilgan), Munitsipal simfonik orkestri (1955), Torli kvartet (1954), Ç. milliy baleti (1957), şuningdek, Milliy konservatoriya işlaydi.
Teatri. Professional teatr sarçaşmalari Ç. hududida yaşagan indeyslarning xalq marosimlaridan boşlanadi. 17—18-a.larda Santyago va Konsepson ş.laridagi töy marosimlarida spektakllar qöyilgan. 1709 y. Santyagoda birinçi teatr binosi qurildi. Bu teatrda, asosan, ispan dramaturglari — L one de Vega, A.Moreto, X. Ruis, L.Sagredo pyesalari sahnalaştirildi. 1791 y. Valparaiso ş.da teatr barpo etildi. 1815 y. Santyagoda «Kolisso» teatri oçildi. Ç. mustaqillikka erişgaç, 1818 y. Santyagoda «Romada» teatri işlay boşladi va unda milliy dramaturg M.Magalyanes asarlari qöyildi. 1842 y. Çili universiteti huzurida teatr (1857 y.dan munitsipal teatr), 1848 y. «Respublika teatri» taşkil etildi. 19-a. Çili teatri taraqqiyotida argentinalik dramaturglar — K.Belo, R. Minnyelelar muhim rol öynaydi. 20-a.ning 1yarmida mamlakatning köp şaharlarida havaskorlik jamoalari paydo böldi. 1939 y. Santyagoda Kiçik universitet teatri, 1941 y. Çili universitetining tajriba teatri (hoz. Çili universiteti huzuridagi teatr inti) tuzildi. 1946 y. Santyagoda Sahna san'ati xalq maktabi oçildi. 50-y.larda R.Frontaur, V.Vargas, A.Flores rahbarligida teatr guruhlari yuzaga keldi. Şuningdek, «Teatro munisipal», «Atelye», «Teatro mimiko» teatrlari işlaydi. 20-a.ning 50—60-y.larida teatr repertuarlaridan X. Dias, I.Agirre, Ye.Bunster, D. Barros Gres va b. dramaturglarning pyesalari, jahon klassik yozuvçilarining asarlari örin oldi. Mamlakatda harbiy xunta hokimiyat tepasiga kelgaç (1973), köp teatr arboblari qamoqxonalarda halok böldilar, xorijga ketişga majbur böldilar va öşa yerda teatr jamoalarini tuzdilar. Jumladan, 1976 y. Fransiyada «Alef» teatri, 1980 y. Şvetsiyada Sandino nomidagi Lotin Amerikasi teatri (çililik teatr arbobi I.Kontilyano rahbarligida) paydo böldi.
Kinosi. Ç.da birinçi hujjatli xronikal film 1907 y. yaratildi. 20- a. boşlarida Santyago va Valparaiso ş.larida «Jambastianifilm», «Çilefilm» va b. kinofirmalar işlay boşladi. 1934 y. birinçi ovozli film («Şimol va janub», rej. X.Delano) yaratildi. 30-y.larning 2yarmida, asosan, qisqa metrajli, xronikal va hujjatli filmlar ekranga çikdi. 40-y.larda tijorat filmlari bilan birga rej. XDelanoning «Krilonlik qiz» (1941), «Gollivud» (1944) filmlari namoyiş etildi. 1957 y. Santyago universiteti huzurida kino inti oçildi. 60-y.larning eng yaxşi filmlari: «Qonli selitra» (1969, rej. E.Soto), «Viz yaşaydigan uy» (1970, rej. P.Kaulen) va b. 1970-y.lar boşida Lotin Amerikasi kinosi oltin fondiga kirgan «Örtoq prezident» (1970, rej. M.Littin), «Ovoz va miltiq» (1971, rej. E.Soto), «Guvoxlar» (1971, rej. K.Elsesser) va b. filmlar yaratildi. Hokimiyat harbiy xunta qöliga ötgaç, ilğor kino arboblar ta'qibga uçradi. 70-y.larning oxirida Ç.ning taraqqiyparvar rej.lari çet elda bir qança filmlar yaratdilar [«Buni unutib bölmaydi» (1975, rej. lar M.Malyet, X.Faxardo, R.Gonsales), «Marusiya konidagi voqea» (1976, rej. M.Littin) va b.].
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ЧИЛИ (Chile) Чили Республика с и (Republica de Chile) — Жан. Американинг жан.ғарбида жойлашган давлат. Майд. 756,9 минг км2. Аҳолиси 15,824 млн. киши (2003). Пойтахти — Сантьяго ш. Маъмурий жиҳатдан 13 вилоят (region), жумладан, Сантьяго пойтахт вилоятига бўлинади.
Давлат тузуми. Ч. — республика. Амалдаги конституцияси 1980 й.да кабул қилинган ва 1981 й.дан кучга кирган; 1989, 1994, 2004 й.ларда тузатишлар киритилган. Давлат бошлиғи — президент (2000 й.дан Рикардо Лагос Эскобар), у умумий тўғри ва яширин овоз бериш нули билан 4 й. мудцатга сайланади. Қонун чиқарувчи ҳокимиятни сенат ва депутатлар палатасидан иборат Миллий конгресс, ижрочи ҳокимиятни президент амалга оширади; президент хукуматга ҳам бошчилик қилади.
Табиати. Ч. шим.дан жан.га Тинч океан соҳили бўйлаб 4300 км га чўзилган, ҳудудининг катта қисмини Анд тоғлари (бал. 6880 м гача), шим.ни Атакама чўли эгаллаган. Мамлакат жан. да Патогония текислиги жойлашган. Ч. ҳудуди таркибига қирғоққа яқин бир неча орол, Оловли Ер о.нинг гарбий қисми ҳамда Тинч океандаги баъзи ороллар (Пасха о. ва б.) киради. Рельефида 3 бўйлама минтақа яққол кўринади: шарқда Анднинг Бош Кордильера тоғлари, ғарбда соҳил бўйи Кордильера тизмаси ва тоғ оралиғи ботиғида Бўйлама водий бор. Ч.да вулкан кўп; тезтез зилзилалар бўлиб туради. Ч. ҳудудида мис, табиий селитра, молибден, соф олтингугурт, темир рудаси, марганец, қўрғошин, олтин, кумуш, тошкўмир, рух, барит, нефть, газ конлари бор. Иқлими шим. қисмида тропик чўл иклими (йиллик ёғин 50 мм дан кам). Субтропик Ўрта Ч. нинг шим.да иқлим қуруқ (йиллик ёғин 100—200 мм), марказида ўрта денгиз иқлими, қишда ёмғир ёғади (Сантьяго ш.да йилига 350 мм), жан.да нам субтропик икдим (йиллик ёғин 2000—2500 мм). Жанубий Ч.да иклим мўътадил океан иклими, ёғин кўп ёғади (йилига 3000—7000 мм). Тоғларда музликлар бор. Ўртача ойлик тра шим.да 12—16° дан (июлда) 18— 22° гача (янв. да), марказида 8—20°, жан. да 8—15°. Деярли ҳамма дарёлари жуда қисқа ва Тинч океан хавзасига мансуб. Шимолий Ч.да Лоа дарёсидан бошқа оқар су в йўқ. Жан. да эса дарёлар йил давомида серсув. Шимолий Ч.да тупроқ ва ўсимлик қоплами яхши ривожланмаган. Ўрта Ч.нинг шим. чала чўл, марказида сур жигарранг ва жигарранг тупрокларда ксерофил буталар усади. Анд тоғларининг ўрта ён бағирлари қорақайин ўрмонлари билан қопланган, ундан юқориси тоғ даштлари. Ўрта Ч.нинг жан.даги қўнғир ўрмон ва ботқоқли тупроқларда қалин ўрмонлар, Анд тоғларида қорақайинигна баргли ўрмонлар ва альп ўтлоклари бор. Жан. да субантарктика аралаш ўрмонлари, чекка жан.да ботқоқлашган ўтлоқлар ва торфли ерлар учрайди. ҳайвонот дунёси хилмахил. Ч. шимолида агуарачай тулкиси, пума, судралиб юрувчилар, жан.да пуду ва уэмул буғулари, америка сассиқкўзани, сувсар, магеллан тулкиси ва б. яшайди. Ч.да Вильяррика, БернардоО’ Хиггинс, АльбертоАгостини, ЛосПарагуас, ПересРосалес ва б. миллий боғлар ҳамда қўриқхоналар ташкил этилган (жумладан, Пасха ва ХуанФернандес о.ларида).
Аҳолисининг 90% чилилар. Мамлакатнинг туб аҳолиси араукан, кечуа ва аймара индейсларидир. Расмий тил — испан тили. Диндорларнинг аксарияти католиклар. Шаҳар аҳолиси 86%. Йирик шаҳарлари — Сантьяго, Вальпараисо, ВиньядельМар.
Тарихи. Ч. ҳудудида қадимдан индейс қабилалари яшаган. 15-а.да мамлакатнинг шим. қисмини инклар эгаллаб олди. 16-а.нинг 30-й.ларида Ч.га испан конкистадорлари бостириб кирди. 16-а. нинг ўрталарида Ч. ҳудуди Испаниянинг Перу вицеқироллиги таркибига кирган. 1810 й. июлда испанлар зулмига қарши халқ қўзғолони бошланди. 18 сент.да миллий ҳукумат хунтаси ташкил топди. Америка қитъасидаги Испания мустамлакаларининг мустақиллик учун олиб борган уруши йилларида (1810—26) Ч. мустақиллиги эълон қилинди (1818 й. 12 фев.). 1823 й. қулчилик бекор қилинди. 19-а. ўрталаридан Ч.га чет эл сармоялари кириб кела бошлади. 1865—66 й.ларда Ч. Перу, Боливия ва Эквадор билан биргаликда Испанияга, 1879—84 й.ларда Буюк Британия ёрдамида Перу ва Боливияга карши уруш олиб борди. Натижада бу давлатларнинг селитра захираларига бой ҳудудлари Ч.га ўтди. Бу мамлакатда кончилик саноатининг ривожланишига имкон яратди. lжаҳон уруши йиллари (1914—18) Ч. бетарафлик эълон қилди. 1927 й.ги давлат тўнтариши натижасида мамлакатда ҳарбий диктатура ўрнатилди, сиёсий партиялар, ишчи ва касаба уюшма ташкилотлари фаолияти тақиқланди. 1936 й. Ч.да Коммунистик, Радикал ва Социалистик партиялар иштирокида Халқ фронти тузилди ва унинг номзоди П. Агирре Серда 1938 й.даги президент сайловида галаба қозонди. Ҳукумат бир қанча ижтимоийиқтисодий тадбирларни амалга оширди. 1941 й. ўнг социалистларнинг сотқинлиги туфайли Халқ фронти тарқалиб кетди. 2-жаҳон уруши йиллари (1939—45) Ч. Германия (1945 й. фев.) ва Япония (1945 й. апр.)га карши уруш эълон қилган бўлса ҳам амалда урушда қатнашмади. 1947—58 й.лар ҳокимиятни диктаторлик режими бошкарди. 1956 й. Чили КП (1922 й. тузилган) ва Социалистик партияси (1933 й. асос солинган) Халқ ҳаракати фронтини, 1969 й. Коммунистик, Социалистик ва б. сўл партиялар Халк, бирлиги блокини ташкил этдилар. Халқ бирлиги блоки номзоди С. Альенде Госсенс сайловларда ғалаба қозониб, мамлакат президентлигига сайланди. 1973 й.даги ҳарбий тўнтариш пайтида Альенде ўлдирилди ва ҳокимият тепасига А.Пиночет бошчилигидаги ҳарбий хунта келди. У 15 й.дан ортиқ вакт давлатни бошқарди.
Бу даврда оммавий репрессиялар авж олдирилди; шу билан бирга мамлакат иктисодиёти Жан. Америкадаги давлатлар ўртасида олдинги ўринлардан бирини эгаллади. Бу Ч.га халқаро иқтисодий ташкилотларга аъзо бўлиш имкониятини яратди. 1989 й.ги демократик сайловлар натижасида А.Пиночет ҳокимиятдан кетди ва 1990 й.дан мамлакатни демократик йўл билан бошқариш шакли ўрнатилди. Ч. 1945 й.дан БМТ аъзоси. ЎзР суверенитетини 1992 й. 18 мартда тан олган ва 1994 й. 16 сент.да дипломатия муносабатлари ўрнатган. Миллий байрами — 18 сент. — Мустақиллик куни (1810).
Асосий сиёсий партиялари ва касаба уюшмалари. Ч. Коммунистик партияси, 1922 й. тузилган; Демократия учун кураш партияси, 1988 й. ташкил этилган; Миллий янгиланиш партияси, 1987 й. тузилган; Ч. радикал социалдемократик партияси; Ч. социалистик партияси, 1933 й. ташкил этилган; Христиандемократик партия, 1957 й. тузилган; Ч. бирлашган социалистик партияси. Ч. меҳнаткашлари бирлашган касаба уюшма маркази, 1988 й. Чили меҳнаткашлари ягона касаба уюшмаси маркази (1953) негизида ташкил этилган.
Хужалиги. Ч. Лотин Америкасидаги иктисодий жиҳатдан нисбатан ривожланган мамлакатлардан бири. Ялпи ички маҳсулотда қ.х. ва балиқ овлаш улуши 6,4%, саноатники 38,8%, хизмат кўрсатиш тармоғиники 54,8% ни ташкил этади.
Саноати.Ч. мис қазиб олиш бўйича дунёда олдинги ўринларда туради (йилига ўртача 2488 минг т). Шунингдек, табиий селитра, молибден, нефть, темир рудаси, олтин, кумуш, табиий газ, тошкўмир қазиб олинади. Йилига ўртача 25,2 млрд. кВтсоат электр энергияси ҳосил қилинади. Саноатнинг озиқ-овқат ва енгил саноат тармоғи ривожланган. Машинасозлик, қора ва рангли металлургия, кимё, нефтни қайта ишлаш, нефть кимёси, целлюлозақоғоз саноати ривожланмоқда.
Қишлоқ хўжалигининг асосий тармоғи деҳқончилик. Буғдой, арпа, маккажўхори, картошка, дуккакли дон экинлари экилади. Богдорчилик (олма, цитрус мевалар, шафтоли) ва токчилик ривожланган. Қанд лавлаги, зигир, тамаки, зайтун етиштирилади. Чорвачиликда қорамол, қўй, эчки, чўчқа, йилқи боқилади. Йирик шаҳарлар атрофида сут чорвачилиги ривожланган. Денгиздан балиқ ва денгиз жониворлари овланади. Ўрмонда ёғоч тайёрланади.
Транспорти. Мамлакат ичкарисида юк ташишда автомобиль транспорти етакчи ўринда. Автомобиль йўллари уз. 79,8 минг км. Т.й. узунлиги 6,6 минг км. Ташқи савдо айланмасининг асосий қисми денгиз транспортига тўғри келади. Муҳим денгиз портлари: Уаско, Вальпараисо, Токопилья. Сантьяго ш.да халқаро аэропорт бор. Ч. четга мис, балиқ ва денгиз маҳсулотлари, қ.х. маҳсулотлари, селитра, қоғоз, йод чиқаради; четдан нефть, кимё буюмлари, электрон ва машина жиҳозлари олади. Ташқи савдода АҚШ, Европа Иттифоқи мамлакатлари, Аргентина, Бразилия, Япония,
Мексика билан ҳамкорлик қилади. Пул бирлиги — чили песоси.
Тиббий хизмати, маорифи, илмий ва маданиймаърифий муассасалари. Ч.да врачлар университетларнинг тиббиёт фтларида тайёрланади.
Мамлакатда 6 ёшдан 14 ёшгача бўлган болалар учун 8 й.лик мажбурий таълим жорий этилган. Асосий деб номланган бошланғич мактабда ўқиш 8 й., ўрта мактабда 4 й. Асосий мактаб негизида 4 й.лик ҳунартехника мактаблари ва пед. билим юртлари ишлайди. Мамлакатда 8 университет бор. Йириклари: Чили университети (1843), Техника давлат университети (1947), Католик университет (1888); ҳаммаси Сантьяго ш.да. Шунингдек, 3 олий коллеж, консерватория ва амалий санъат мактаби мавжуд. Илмий муассасалар, асосан, Сантьяго ш.да жойлашган. И.т.лар Чили бактериология инти (1929), метеорология хизмати (1894), ҳарбий геогр. инти (1922), геогр., геодезия ва геофизика миллий қўмитаси (1955), гидрография инти (1874, Вальпараисо), геол. инти (1957), Антарктида инти (1963), ядро энергиясини ўрганиш миллий маркази, Океанография инти (1945, Вальпараисо), Лебу илмий инти (1945, арауканлар тарихини ўрганади), Ч. академияси (1855), Ч. Табиий фанлар академияси (1926), Ч. тарих академияси (1940), Чили ФА (1964)да олиб борилади. Йирик кутубхоналари: Ч. миллий кутубхонаси (1813), Чили университетининг марказий кутубхонаси; иккови ҳам Сантьяго ш.да. Музейлари — Миллий тарих музейи, Нафис санъат миллий музейи, Пед. музейи, ҳоз. замон санъати музейи, америка халқи санъати музейи ва б.
Матбуоти, радиоэшиттириши ва телекўрсатуви. Ч.да бир канча газ. ва жур. нашр этилади. Асосийлари: «Аналисис» («Таҳлил», ҳафталик жур., 1977 й.дан), «Меркурио» («Меркурий», кундалик газ., 1827 й.дан), «Насьон» («Миллат», кундалик газ., 1917 й.дан), «Ой» («Бугун», ҳафталик жур., 1977 й.дан), «Сегунда» («Секунда», кундалик кечки газ., 1931 й.дан), «Терсера» («Чорак», кундалик газ., 1950 й.дан), «Ультимас нотисиас» («Сўнгги ахборот», кундалик газ., 1902 й.дан).
Орбе Сервисное Информатиос (СА) ҳукумат ахборот агентлиги 1953 й. фев.да тузилган. Ч. янгиликлар агентлиги, 1993 й. асос солинган. Ч. радиостя ассоциациям 1936 й. да ташкил этилган; 455 радиостяни бирлаштиради. Ч. — 7 канал миллий телевидениеси ҳукумат маҳкамаси бўлиб, 145 стяни бирлаштиради. Бир қанча тижорат радио ва телевидение стялари бор.
Адабиёти Ч.ни Испания босиб олгандан бери испан тилида ривожланмоқда. Испаниялик А. де ЭрсильяиСуньига (1533—94)нинг «Араукана» достони (1—3 қисмлар, 1569—89) 16-а.да яратилган энг йирик асар ҳисобланади (унда арауканларнинг испан мустамлакачиларга қарши кураши акс эттирилган). Бу даврда креоллар фольклори испан халқ шеърияти асосида ривожланди. Америкадаги Испания мустамлакаларининг мустақиллик учун кураши даври (1810— 26)да публицистика асосий жанр бўлиб қолди. Биринчи Ч. газетаси — «Аурора де Чиле» («Чилининг тонгги шафағи») нинг асосчиси К.Энрикес бу жанрда ижод қилган ижодкорларнинг ёрқин вакилидир. Миллий драматургия асосини М.Магальянес яратди. 1818 й. Чили мустақилликка эришгач, Лотин Америкаси мамлакатларидаги куп адиблар Ч.да яшаб ижод қилдилар. Венесуэла ёзувчиси, олим ва давлат арбоби А.Бельо, аргентиналик ёзувчи, жамоат арбоби ва маърифатпарвар Д.М.Сармьянто ва б. ижоди Ч. маданияти ривожида муҳим роль ўйнайди. Ч. жамоат арбоби, олим ва адиб Х.ВЛастаррин (1817—88) Ч. адабиёт жамғармасини ташкил этиб (1842), миллий адабиётни яратиш вазифасини қўйди. 19-а. 1ярмида шеърият романтизм руҳида ривожланди (С.Санфуэнтос, Э.Лильо ва б.). Насрда костумбризм етакчи йўналиш бўлиб қолди. 19-а. ўрталарида танқидий реализм майдонга келди. А.Блеет Гана (1830—1920) унинг йирик вакилидир. 19-а. охири — 20-а. бошларида П.А.Гонсалес Бастиас, М.Хара ва б. шеъриятда янги бадиий шаклларни излай бошладилар. Бунга маълум даражада никарагуалик шоир Р.Дарио ижоди таъсир кўрсатди. 1920-й. ларда Т.Мистрал, В. Уйдобро каби шоирлар самарали ижод қилдилар. 30-й.ларда шоир П. Неруда ижоди чуқур эволюцияни бошидан кечирди. Шу даврда ижод қилган Ф. Гана, Ф.Сантиван, Л.Дуран ва б. ўз асарларида деҳқонлар ҳаётини акс эттирдилар. Деҳқонларнинг синфий кураши Р.Ломбой, М.Герреро романларида, ишчилар ҳаёти, уларнинг фаровон келажак учун кураши Н. Гусман, А.Сабельи, Д.Муньос, Г.Сентено, В.Тейтельбойм романларида ўз ифодасини топди. Ф. Колоан, М.Рохас, Г.Атиас насрий асарлари ижтимоий муаммоларга бағишланди. 1960—70 й.ларда сиёсий қўшиқлар жанри кенг тарқалди. В. Хара бу жанрда ижод қилган ижодкорларнинг ёрқин вакилидир. Мамлакатда ҳарбий хунта ҳокимият тепасига келгач (1973), кўп адиб ва шоирлар таъқиб остита олинди. Мамлакатни ташлаб кетишга мажбур бўлган адиблар ўз асарларида Ч. фожиасини акс эттирдилар (А.Скармет, В.Тейтельбойм романлари ва б,).
Меъморлиги. Ч. ҳудудида яшаган индейсларнинг қад. санъатидан қалъалар, баланд тош девор билан ўралган 1—2 қаватли уйлардан иборат қишлоқ харобалари сақланган. 16-а.дан форт, шахар ва черковлар, ички ҳовлиси бўлган 1 қаватли уйлар қурилди. 18—19-а.ларда барокко ва классицизм услубида шахар бинолари, черков ва саройлар барпо этилди (меъморлар X. ТоэскаиРичи, М. де Хара Кемада). 19-а. Ч. меъморлигида эклектизм, 20-а. бошларида модерн услуби карор топди. 20-а.нинг ўрталарида шаҳарлар қайта қурилди, замонавий меъморий иншоотлар, жумладан, «Гонсалес Кортес» (1960—63, меъмор С.Гонсалес ва б.), «Порталес» (1961—63, меъмор К.Брешани ва б.) турар жой мажмуалари, Сантьягода Технология инти (1962—65, меъмор К.Брешани ва б.) бунёд этилди.
Тасвирий санъати. Индейсларнинг кад. маданияти Перу маданияти билан боғлиқ. Турли шаклларда ясалган ва раем солинган сопол идишлар, металл тақинчоқлар, одам ва ов манзараларининг қоятошларга ишланган тасвири сақланган. Бу анъаналар тўқувчилик, кулолчилик, ёғоч ўймакорлигида ўз аксини топган. 18—19-а.ларда манзара рассомлиги ва ҳайкалтарошлиги, гравюра ривожланди (А.Сантелисес). 19-а. ўрталарида портретчилар Ф.Х.Мандьола, А.Гана, 19-а. 2ярмида рассомлар П.Лира ва М.А.Киро ижод қилдилар. Рассомлар А.Валунсуэла Льянос, Э.Пласа, ҳайкалтарошлар Н.Пласа, В.Ариас 19 ва 20-а.нинг реалист усталари бўлган. 20-а.да Ч.да турли модернистик оқимлар (кубизм, сюрреализм, абстракционизм) кенг тарқалди. К.Эрмосилья Альварес, Г.Нуньес, П.Льбос, Х.Эскамес каби рассомлар, Л.Домингес, С. Роман Рохас каби ҳайкалтарошлар реалистик анъаналарда ижод қилдилар.
Мусиқаси. Ч.нинг қад. мусиқа маданиятини туб жой аҳолиси авлодлари, аввало, арауканлар сақлаб келмоқдалар. Уларнинг асосий мусиқа асбоблари: зарбли — барабан (культрун), шакилдоқ (уада); пуфлама — трутрука, лолкинь, пифюлька. Креоллар халқ мусиқаси аргентина халқ мусиқасига яқин. Қўшиқрақс жанрлари — куэка, куандо, қўшиқ жанри — тонада (якка ижро этиладиган лирик қўшиқ). Мусиқа чолғу асбоблари — гитара, арфа, ги . таррон. 19-а. Сантьягода филармония жамияти тузилди (1827), мусиқа мактаби очилди (1849; 1851 й.дан консерватория). Композиторлардан М.Роблес Ортис де Сарате (19-а.), К.Лавин, П.У. Альенде Сарон, Х.Уррутиа Блондель, Э.Соро, Д.СантаКрус Вильсон (20-а.), дирижёрлар А.Карвахаль, В.Тева, пианиночилар К.Арроу, Х.Рейес, скрипкачи П. д’ Андурайн машҳур. Сантьягода Ч. симфоник оркестри (1941 й. ташкил этилган), Муниципал симфоник оркестри (1955), Торли квартет (1954), Ч. миллий балети (1957), шунингдек, Миллий консерватория ишлайди.
Театри. Профессионал театр сарчашмалари Ч. ҳудудида яшаган индейсларнинг халқ маросимларидан бошланади. 17—18-а.ларда Сантьяго ва Консепсьон ш.ларидаги тўй маросимларида спектакллар қўйилган. 1709 й. Сантьягода биринчи театр биноси қурилди. Бу театрда, асосан, испан драматурглари — Л one де Вега, А.Морето, X. Руис, Л.Сагредо пьесалари саҳналаштирилди. 1791 й. Вальпараисо ш.да театр барпо этилди. 1815 й. Сантьягода «Колиссо» театри очилди. Ч. мустақилликка эришгач, 1818 й. Сантьягода «Ромада» театри ишлай бошлади ва унда миллий драматург М.Магальянес асарлари қўйилди. 1842 й. Чили университети ҳузурида театр (1857 й.дан муниципал театр), 1848 й. «Республика театри» ташкил этилди. 19-а. Чили театри тараққиётида аргентиналик драматурглар — К.Бельо, Р. Минньелелар муҳим роль ўйнайди. 20-а.нинг 1ярмида мамлакатнинг кўп шаҳарларида ҳаваскорлик жамоалари пайдо бўлди. 1939 й. Сантьягода Кичик университет театри, 1941 й. Чили университетининг тажриба театри (ҳоз. Чили университети ҳузуридаги театр инти) тузилди. 1946 й. Сантьягода Саҳна санъати халқ мактаби очилди. 50-й.ларда Р.Фронтаур, В.Варгас, А.Флорес раҳбарлигида театр гуруҳлари юзага келди. Шунингдек, «Театро мунисипаль», «Ателье», «Театро мимико» театрлари ишлайди. 20-а.нинг 50—60-й.ларида театр репертуарларидан X. Диас, И.Агирре, Е.Бунстер, Д. Баррос Грес ва б. драматургларнинг пьесалари, жаҳон классик ёзувчиларининг асарлари ўрин олди. Мамлакатда ҳарбий хунта ҳокимият тепасига келгач (1973), кўп театр арбоблари қамоқхоналарда ҳалок бўлдилар, хорижга кетишга мажбур бўлдилар ва ўша ерда театр жамоаларини туздилар. Жумладан, 1976 й. Францияда «Алеф» театри, 1980 й. Швецияда Сандино номидаги Лотин Америкаси театри (чилилик театр арбоби И.Контильяно раҳбарлигида) пайдо бўлди.
Киноси. Ч.да биринчи ҳужжатли хроникал фильм 1907 й. яратилди. 20- а. бошларида Сантьяго ва Вальпараисо ш.ларида «Жамбастианифильм», «Чилефильм» ва б. кинофирмалар ишлай бошлади. 1934 й. биринчи овозли фильм («Шимол ва жануб», реж. Х.Делано) яратилди. 30-й.ларнинг 2ярмида, асосан, қисқа метражли, хроникал ва ҳужжатли фильмлар экранга чикди. 40-й.ларда тижорат фильмлари билан бирга реж. ХДеланонинг «Крильонлик қиз» (1941), «Голливуд» (1944) фильмлари намойиш этилди. 1957 й. Сантьяго университети ҳузурида кино инти очилди. 60-й.ларнинг энг яхши фильмлари: «Қонли селитра» (1969, реж. Э.Сото), «Виз яшайдиган уй» (1970, реж. П.Каулен) ва б. 1970-й.лар бошида Лотин Америкаси киноси олтин фондига кирган «Ўртоқ президент» (1970, реж. М.Литтин), «Овоз ва милтиқ» (1971, реж. Э.Сото), «Гувохлар» (1971, реж. К.Эльсессер) ва б. фильмлар яратилди. Ҳокимият ҳарбий хунта қўлига ўтгач, илғор кино арбоблар таъқибга учради. 70-й.ларнинг охирида Ч.нинг тараққийпарвар реж.лари чет элда бир қанча фильмлар яратдилар [«Буни унутиб бўлмайди» (1975, реж. лар М.Мальет, Х.Фахардо, Р.Гонсалес), «Марусия конидаги воқеа» (1976, реж. М.Литтин) ва б.].
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.