Çimboyliq topilmasi
Manba: ÖzME, 9-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 101–102-b. — ziyouz.com
Çimboyliq topilmasi - jez davriga oid yodgorlik, topilma (mil. av. 2ming yillikning 2yarmi). Toşkent ş.dan 50 km şarkda, Çirçiq ş.ning öng tomonida, Çimboyliq qişloği yaqinida oltin qidiriş maqsadida ötkazilgan qidiruv işlari olib borilayotgan paytda topilgan (1898). Ç.t. — bolta, mix şaklidagi bigiz, bargsimon piçoq va 580 g quyma jezdan iborat. Ç.t. katakomba şaklida bölib, Andronovo madaniyatiga yaqin turadi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ЧИМБОЙЛИҚ ТОПИЛМАСИ - жез даврига оид ёдгорлик, топилма (мил. ав. 2минг йилликнинг 2ярми). Тошкент ш.дан 50 км шаркда, Чирчиқ ш.нинг ўнг томонида, Чимбойлиқ қишлоғи яқинида олтин қидириш мақсадида ўтказилган қидирув ишлари олиб борилаётган пайтда топилган (1898). Ч.т. — болта, мих шаклидаги бигиз, баргсимон пичоқ ва 580 г қуйма жездан иборат. Ч.т. катакомба шаклида бўлиб, Андроново маданиятига яқин туради.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.