Çoka pardoz
Manba: ÖzME, 9-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 136-b. — ziyouz.com
Çoka pardoz ÇOKA PARDOZ, yorma pardoz — öymakorlikda pardoz turi; ganç va yoğoç öymakorligida keng qöllanadi. Öyma naqşning çetidan markaz tomon qiya qilib çuqur öyib borib hosil qilinadi; çuqur öyma keskin nursoya öyini hosil qilib, naqşga jozibadorlik baxş etadi. Börtma (relyef) yuzaga işlov berişda boşqa pardoz turlariga nisbatan ustalar (ayniqsa, Farğona, Toşkentda) keng qöllaydi; Ç.p. ustalar tomonidan yorma pardoz ham deb ataladi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ЧОКА ПАРДОЗ, ёрма пардоз — ўймакорликда пардоз тури; ганч ва ёғоч ўймакорлигида кенг қўлланади. Ўйма нақшнинг четидан марказ томон қия қилиб чуқур ўйиб бориб ҳосил қилинади; чуқур ўйма кескин нурсоя ўйини ҳосил қилиб, нақшга жозибадорлик бахш этади. Бўртма (рельеф) юзага ишлов беришда бошқа пардоз турларига нисбатан усталар (айниқса, Фарғона, Тошкентда) кенг қўллайди; Ч.п. усталар томонидан ёрма пардоз ҳам деб аталади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.