Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Dafna

    Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 118-b. — ziyouz.com

    Dafna — yunon mifologiyasida daryo xudosi qizi. Apollon uni sevib qolib, ta'qib etgan, D. otasi — daryo xudosi Peneydan yordam söragan. Peney D.ni lavr daraxti (dafna)ga aylantirib qöygan. D. haqidagi afsona nazmda (Ovidiyning «Metamorfozalar» asari), tasviriy san'at va haykaltaroşlikda (N. Pussen, L. Bernini va b.) öz ifodasini topgan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ДАФНА — юнон мифологиясида дарё худоси қизи. Аполлон уни севиб қолиб, таъқиб этган, Д. отаси — дарё худоси Пенейдан ёрдам сўраган. Пеней Д.ни лавр дарахти (дафна)га айлантириб қўйган. Д. ҳақидаги афсона назмда (Овидийнинг «Метаморфозалар» асари), тасвирий санъат ва ҳайкалтарошликда (Н. Пуссен, Л. Бернини ва б.) ўз ифодасини топган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.