Daftar
Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 118–119-b. — ziyouz.com
Daftar — 1) tikilgan, muqovalangan, yoziş yoki rasm soliş uçun tayyorlangan bir neça varakli toza qoğoz; 2) Örta Osiyo xonliklarining davlat devonlarida olib borilgan kirimçiqim yozuvlari. «Daftari oliy» deb ham yuritilgan. D. ga viloyatlar, amlok va qişloqlar böyiça davlat daromadlari va xarajatlari yozib borilgan. D. uzun qoğoz öramlaridan iborat bölib, poygir yoki tumor deb ham atalgan va xalqdan nihoyatda sir tutilib, daftardor (xonliklar devonlarida kirimçiqim yozuvlarini olib boruvçi va D. ni özida saqlovçi saroy xizmatçisi) qölida saqlangan.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ДАФТАР — 1) тикилган, муқоваланган, ёзиш ёки расм солиш учун тайёрланган бир неча варакли тоза қоғоз; 2) Ўрта Осиё хонликларининг давлат девонларида олиб борилган киримчиқим ёзувлари. «Дафтари олий» деб ҳам юритилган. Д. га вилоятлар, амлок ва қишлоқлар бўйича давлат даромадлари ва харажатлари ёзиб борилган. Д. узун қоғоз ўрамларидан иборат бўлиб, пойгир ёки тумор деб ҳам аталган ва халқдан ниҳоятда сир тутилиб, дафтардор (хонликлар девонларида киримчиқим ёзувларини олиб борувчи ва Д. ни ўзида сақловчи сарой хизматчиси) қўлида сақланган.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.