Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Daktiloskopiya

    Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 50-b. — ziyouz.com

    Daktiloskopiya (yun. daktylos -barmoq, skopeo — qarayman) — qöl barmoqlari uçidagi teri izlariga qarab, şaxsni aniqlaş usuli. Bu izlar ariqça va döngalak şaklidagi nozik çiziqlardan iborat bölib, yoysimon, sirtmoqli va gajakdor naqşlar hosil qiladi. Ular har bir şaxsda öziga xos, boşqalarda qaytarilmaydigan, umrbod özgarmaydigan, zararlansa qayta tiklanadigan xususiyatlarga ega. D.dan bir yarim asrdan buyon deyarli barça mamlakatlarda jinoyatçilarni röyxatga oliş va qidirib topiş vositasi sifatida foydalaniladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ДАКТИЛОСКОПИЯ (юн. daktylos -бармоқ, skopeo — қарайман) — қўл бармоқлари учидаги тери изларига қараб, шахсни аниқлаш усули. Бу излар ариқча ва дўнгалак шаклидаги нозик чизиқлардан иборат бўлиб, ёйсимон, сиртмоқли ва гажакдор нақшлар ҳосил қилади. Улар ҳар бир шахсда ўзига хос, бошқаларда қайтарилмайдиган, умрбод ўзгармайдиган, зарарланса қайта тикланадиган хусусиятларга эга. Д.дан бир ярим асрдан буён деярли барча мамлакатларда жиноятчиларни рўйхатга олиш ва қидириб топиш воситаси сифатида фойдаланилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.