Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Daloilxona

    Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 61-b. — ziyouz.com

    Daloilxona (arab, daloil — dalillar) — Örta Osiyoning yirik şaharlaridagi diniy maktab. D.ga savodi çiqqan bolalargina qabul qilingan. Unda dastlab (taxm. 1—2 oy) bolalarga Qur'onning ayrim sura va oyatlari, söngra asosiy kitob — «Daloil ul-xayrot» yodlatilgan. D.da öqiş muddati aniq belgilanmagan. Qobiliyatli, xotirasi kuçli talabalar kitobni 2—3 oy davomida yod olganlar. Uni tugatganlarning ayrimlari islom dinining tarğibotçisi bölişgan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ДАЛОИЛХОНА (араб, далоил — далиллар) — Ўрта Осиёнинг йирик шаҳарларидаги диний мактаб. Д.га саводи чиққан болаларгина қабул қилинган. Унда дастлаб (тахм. 1—2 ой) болаларга Қуръоннинг айрим сура ва оятлари, сўнгра асосий китоб — «Далоил ул-хайрот» ёдлатилган. Д.да ўқиш муддати аниқ белгиланмаган. Қобилиятли, хотираси кучли талабалар китобни 2—3 ой давомида ёд олганлар. Уни тугатганларнинг айримлари ислом динининг тарғиботчиси бўлишган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.