Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Dam berilgan şudgor

    Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 63-b. — ziyouz.com

    Dam berilgan şudgor - kuzda va bahorda haydalib, şudgor qilingan, muayyan muddat ekin ekilmagan dala; tuproq hosildorligini tabiiy tiklaş vositasi tarzida qöllanilgan agrotexnik tadbir. D.b.ş. tuproqlari yumşatilgan va begona ötlardan tozalangan holda saqlangan, natijada bunday şudgor tuproğida ösimlik uçun oziq moddalari töplangan. Hoz. zamonaviy intensiv dehqonçilik tizimida deyarli qöllanilmaydi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ДАМ БЕРИЛГАН ШУДГОР - кузда ва баҳорда ҳайдалиб, шудгор қилинган, муайян муддат экин экилмаган дала; тупроқ ҳосилдорлигини табиий тиклаш воситаси тарзида қўлланилган агротехник тадбир. Д.б.ш. тупроқлари юмшатилган ва бегона ўтлардан тозаланган ҳолда сақланган, натижада бундай шудгор тупроғида ўсимлик учун озиқ моддалари тўпланган. Ҳоз. замонавий интенсив деҳқончилик тизимида деярли қўлланилмайди.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.