Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Damir Ismoiloviç Salimov

    Manba: ÖzME, 7-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 76–77-b. — ziyouz.com

    Salimov Damir Ismoiloviç (1937.19.7, Samarqand) — kinorej. Özbekistonda xizmat körsatgan san'at arbobi (1983). VGIK (Butunittifoq davlat kinematografiya inti)ni tugatgan (1960). S. birinçi özbek multiplikatsiya filmlarining («6x6 kvadratida»; «Sehrli sandiq») muallif va rej.i. Keyinçalik «Balkon», «Döstingni ehtiyot qil» va b. multfilmlarni işlagan. U «Yöldoş Oxunboboyev», «Non, tuz va qöşiq», «Yoruğ yöl» kabi hujjatli, «Sahro uzra osmon», «Toğlar çorlaydi», «Şum bola», «Hayot mazmuni» singari badiiy filmlarga rej.lik qilgan. Hamza nomidagi Özbekiston Davlat mukofoti laureati (1983).

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    САЛИМОВ Дамир Исмоилович (1937.19.7, Самарқанд) — кинореж. Ўзбекистонда хизмат кўрсатган санъат арбоби (1983). ВГИК (Бутуниттифоқ давлат кинематография инти)ни тугатган (1960). С. биринчи ўзбек мультипликация фильмларининг («6x6 квадратида»; «Сеҳрли сандиқ») муаллиф ва реж.и. Кейинчалик «Балкон», «Дўстингни эҳтиёт қил» ва б. мультфильмларни ишлаган. У «Йўлдош Охунбобоев», «Нон, туз ва қўшиқ», «Ёруғ йўл» каби ҳужжатли, «Саҳро узра осмон», «Тоғлар чорлайди», «Шум бола», «Ҳаёт мазмуни» сингари бадиий фильмларга реж.лик қилган. Ҳамза номидаги Ўзбекистон Давлат мукофоти лауреати (1983).

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.