Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Damodar

    Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 69-b. — ziyouz.com

    Damodar — Hindistondagi daryo. Uz. 580 km, havzasining mayd. 20 ming km2dan ortiq. Çxota-Nagpur platosidan boşlanib, Hindgang tekisligining şarqiy qismidan oqadi, Gang daryosi deltasida uning tarmoği — Xugli daryosiga quyiladi. Yoz va kuz oylarida tölib oqadi. Örtaça suv sarfi 330 m3/sek. Quyi oqimida kema qatnaydi. D. havzasida GES, suv omborlari, suğoriş kanallari qurilgan. D. vodiysi Hindistonning muhim industriyalaşgan (issiqlik elektr st-yalari, kömir qazib oliş, metallurgiya, maşinasozlik) r-nlaridan biri.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ДАМОДАР — Ҳиндистондаги дарё. Уз. 580 км, ҳавзасининг майд. 20 минг км2дан ортиқ. Чхота-Нагпур платосидан бошланиб, Ҳиндганг текислигининг шарқий қисмидан оқади, Ганг дарёси дельтасида унинг тармоғи — Хугли дарёсига қуйилади. Ёз ва куз ойларида тўлиб оқади. Ўртача сув сарфи 330 м3/сек. Қуйи оқимида кема қатнайди. Д. ҳавзасида ГЭС, сув омборлари, суғориш каналлари қурилган. Д. водийси Ҳиндистоннинг муҳим индустриялашган (иссиқлик электр ст-ялари, кўмир қазиб олиш, металлургия, машинасозлик) р-нларидан бири.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.