Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Danakli meva daraxtlari

    Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 70-b. — ziyouz.com

    Danakli meva daraxtlari - ra'noguldoşlar (atirgullilar oilasi)ga mansub, mevasi danakli köp yillik ösimliklar. Ularga örik, şaftoli, olxöri, olça (olvoli), gilos, toğolça, jiydadoşlardan jiyda va b. kiradi. D.m.d. Özbekistonning deyarli hamma viloyatlarida bor. D.m.d. uruğli meva daraxtlarita qaraganda ertaroq gullaydi, 3—4 yilda hosilga kiradi, odatda har yili hosil beradi, danagida, mas, örik mağzida 60% ga qadar yoğ böladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ДАНАКЛИ МЕВА ДАРАХТЛАРИ - раъногулдошлар (атиргуллилар оиласи)га мансуб, меваси данакли кўп йиллик ўсимликлар. Уларга ўрик, шафтоли, олхўри, олча (олволи), гилос, тоғолча, жийдадошлардан жийда ва б. киради. Д.м.д. Ўзбекистоннинг деярли ҳамма вилоятларида бор. Д.м.д. уруғли мева дарахтларита қараганда эртароқ гуллайди, 3—4 йилда ҳосилга киради, одатда ҳар йили ҳосил беради, данагида, мас, ўрик мағзида 60% га қадар ёғ бўлади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.