Darviş maqsud andijoniy
Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 90-b. — ziyouz.com
Darviş maqsud andijoniy (15-a.ning oxiri, Andijon — 16- a., Buxoro) — sozanda, bastakor. Axiyi Hiraviyning şogirdi. Musikiy iste'dodi Hirotda kamolga yetgan. Şayboniyxon Hirotni olgaç (1507), Hofiz Uşşoqiy, Xoja Boboyi Çangiy, Xoja Hamzaiy Toşkandiy, Hofiz Miroqiy Buxoriy va Hofiz Boqiy Rödiy singari maşxur san'atkorlar b-n birga D.M.A.ni ham Buxoroga olib ketgan. Darvişali Çangiyning musiqa risolasida D.M.A. — Jomiy gazallariga köpgina savt va naqşlar bastalaganligi kayd qilingan.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ДАРВИШ МАҚСУД АНДИЖОНИЙ (15-а.нинг охири, Андижон — 16- а., Бухоро) — созанда, бастакор. Ахийи Ҳиравийнинг шогирди. Мусикий истеъдоди Ҳиротда камолга етган. Шайбонийхон Ҳиротни олгач (1507), Ҳофиз Ушшоқий, Хожа Бобойи Чангий, Хожа Ҳамзаий Тошкандий, Ҳофиз Мироқий Бухорий ва Ҳофиз Боқий Рўдий сингари машхур санъаткорлар б-н бирга Д.М.А.ни ҳам Бухорога олиб кетган. Дарвишали Чангийнинг мусиқа рисоласида Д.М.А. — Жомий газалларига кўпгина савт ва нақшлар басталаганлиги кайд қилинган.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.