Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Davlat boji

    Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 10-b. — ziyouz.com

    Davlat boji — davlatning maxsus vakolatli idoralari (sud, militsiya, fuqarolik holatini qayd etiş byurosi, xöjalik sudlari, notarial ido-ralar, suğurta agentliklari va b.) tomonidan fuqarolar, korxonalar, taşkilot va muassasalar manfaatlari yölida xizmat körsatganlik hamda yuridik ahamiyatga molik hujjatlar (pasport, turli guvohnomalar, sertifikat, litsenziya va b.) berganlik uçun undiradigan pul yiğimlari. Özbekistonda D.b. stavkalari ÖzR Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Respublikada D.b.ni tölaş, undiriş va nazorat qiliş va b. 1992 y. 9 dek.da qabul qilingan ÖzRning «Davlat boji töğrisida»gi qonuniga muvofiq amalga oşiriladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ДАВЛАТ БОЖИ — давлатнинг махсус ваколатли идоралари (суд, милиция, фуқаролик ҳолатини қайд этиш бюроси, хўжалик судлари, нотариал идо-ралар, суғурта агентликлари ва б.) томонидан фуқаролар, корхоналар, ташкилот ва муассасалар манфаатлари йўлида хизмат кўрсатганлик ҳамда юридик аҳамиятга молик ҳужжатлар (паспорт, турли гувоҳномалар, сертификат, лицензия ва б.) берганлик учун ундирадиган пул йиғимлари. Ўзбекистонда Д.б. ставкалари ЎзР Вазирлар Маҳкамаси томонидан белгиланади. Республикада Д.б.ни тўлаш, ундириш ва назорат қилиш ва б. 1992 й. 9 дек.да қабул қилинган ЎзРнинг «Давлат божи тўғрисида»ги қонунига мувофиқ амалга оширилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.