Davlat immuniteti
Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 14-b. — ziyouz.com
Davlat immuniteti (daxlsizligi) — davlatning xorijiy yurisdiksiya (sudlov işlarini olib boriş ququqi)dan daxlsizligi, xalqaro huquq qoidalaridan biri. Unga köra, davlat va uning organlariga xorijiy davlat sudida da'vo qözğatilişi, davlat mulki hisobidan tölov undirilişi, mulki xatlab qöyilişi mumkin emas.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ДАВЛАТ ИММУНИТЕТИ (дахлсизлиги) — давлатнинг хорижий юрисдикция (судлов ишларини олиб бориш қуқуқи)дан дахлсизлиги, халқаро ҳуқуқ қоидаларидан бири. Унга кўра, давлат ва унинг органларига хорижий давлат судида даъво қўзғатилиши, давлат мулки ҳисобидан тўлов ундирилиши, мулки хатлаб қўйилиши мумкин эмас.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.