Davlat kengaşi
Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 18-b. — ziyouz.com
Davlat kengaşi — 1) ayrim xorijiy mamlakatlar (Fransiya, Ispaniya, Belgiya, Niderlandiya, Lyuksemburg, Ekvador, Gretsiya, Kolumbiya)da asosiy davlat muassasalaridan biri, u yo oliy ma'muriy adliya organi, yo konstitutsiyaviy nazorat organi, yo bölmasa ba'zi mamlakatlarda bir vaqtning özida davlat boşliği huzuridagi maslahat organi hisoblanadi; 2) Şvetsiya, Norvegiya, Finlyandiya, XXR, Koreya Respublikasida hukumatning rasmiy nomi; 3) 1810— 1906 y.larda Rossiya imperiyasida qonun çiqaruvçi oliy maslahat organi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ДАВЛАТ КЕНГАШИ — 1) айрим хорижий мамлакатлар (Франция, Испания, Бельгия, Нидерландия, Люксембург, Эквадор, Греция, Колумбия)да асосий давлат муассасаларидан бири, у ё олий маъмурий адлия органи, ё конституциявий назорат органи, ё бўлмаса баъзи мамлакатларда бир вақтнинг ўзида давлат бошлиғи ҳузуридаги маслаҳат органи ҳисобланади; 2) Швеция, Норвегия, Финляндия, ХХР, Корея Республикасида ҳукуматнинг расмий номи; 3) 1810— 1906 й.ларда Россия империясида қонун чиқарувчи олий маслаҳат органи.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.