Davlat mulkini xususiylaştiriş
Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 21–24-b. — ziyouz.com
Davlat mulkini xususiylaştiriş — davlatning öz ixtiyoridagi i. ç. vositalari, mol-mulk obyektlarini, korxonalar, uy-joy, transport vositalari, tabiat resurslari va b.ni davlat tasarrufidan çiqarişi va fukarolar, jamoalar, şuningdek, davlatga tegişli bölmagan yuridik şaxslarga berişi yoki sotişi; davlat mulki asosida turli (aksiyali, xususiy, oilaviy, qöşma, aralaş, korporativ) mulk şakllarini vujudga keltiriş. D.m.x. davlat mulkini kelgusida şu mulk negizida xöjalik faoliyati yurituvçi va uning natijalari böyiça töliq mulkiy mas'uliyatni zimmasiga oluvçi iqtisodiy subyektlarga turli şartlarda beriş yoki sotiş orqali amalga oşiriladi va mulk egasini özgartirişni nazarda tutadi.
Davlat tasarrufidan çiqariş va xususiylaştiriş mulkni bepul beriş, korxonani imtiyozli şartlarda sotiş, aksiyalarni sotiş, korxonalarni ijaraga beriş, mayda korxonalarni kim-oşdi savdosida sotiş va b. usullarda amalga oşiriladi.
Tarixan D.m.x.ning öz tabiatiga köra tamomila farq qiladigan ikki turi şakllandi. Birinçi tur takror i.ç. mexanizmidagi özgarişlar va 20-a.ning 70-y.lari 2-yarmida sanoati rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida davlat mulki va davlat tadbirkorligining örni va ahamiyatidagi özgarişlar b-n boğliq holda yuzaga keldi.
Sanoati rivojlangan mamlakatlardagi xöjalikni boşqariş va iqtisodiyotda D.m.x. körinişlari ğoyaviy ta'sir, ba'zida esa rivojlangan mamlakatlarning yordam körsatiş şartlari b-n boğliqholda, töğridan-töğri iqtisodiy bosimlar tufayli rivojlanayotgan mamlakatlarga ham tarqaldi. 80— 90-y.larda 80 dan ortiq rivojlanayotgan mamlakatlarda D.m.x.ning turli dasturlari işlab çiqildi. Bu mamlakatlarda xususiylaştiriş jarayoni bozor raqobati muhiti amal qilgan xususiy sektor va xöjalik tizimida amalga oşirildi.
Xususiylaştirişning ikkinçi turi jahon sotsialistik tizimi mamlakatlari (Markaziy va Şarqiy Yevropa, Xitoy, sobiq Ittifoq respublikalari)da 1989 y.dan boşlab amalga oşirila boşladi.
Xöjalik yuritişning ma'muriybuyruqbozlik tizimidan bozor munosabatlariga asoslangan xöjalik yuritiş tizimiga ötişda xususiylaştiriş alohida örin tutadi. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar tajribasi aynan xususiy mulk iqtisodiy usişni ijtimoiy larzalarga yöl qöymay ta'minlaşini tasdiqlaydi.
U yoki bu mamlakatdagi xususiylaştiriş miqyosi ilgari xususiy sektorni milliylaştiriş qay darajada qöllanilganiga boğliq. Milliylaştiriş usuli qisman ötkazilgan mamlakatlarda (AQŞ, Germaniya, Yaponiya) xususiylaştiriş körinişlari kam uçraydi. Milliylaştiriş jarayoni uzok, vaqt davom etgan mamlakatlarda (Buyuk Britaniya, Fransiya) esa D.m.x. keng kölamda amalga oşirilmoqda.
Xususiylaştirişning peşqadami bölgan Buyuk Britaniyada D.m.x.ning aksiyalarni tekin taqsimlaş va sotiş; xizmat körsatiş uçun pudratlar; davlat uy-joylarini kvartirani ijaraga oluvçilarga sotiş; raqobatni rivojlantiriş maqsadida davlat monopoliyalaridan voz keçiş kabi usullari qöllanildi. Jahon tajribasi davlat mulkini va uning vazifalarini töliq yoki qisman xususiy sektorga ötkazişning 22 usuli borligini körsatadi. Xususiylaştiriş — uzok, muddatli jarayon. U Yaponiyada 10 yil, Ğarbiy Yevropada 10—15 yil davom etadi.
Bozor islohotlariga ötişning Özbekiston modeliga köra mamlakat va xalqning iqtisodiy, ijtimoiy, ma'naviy, madaniy xususiyatlarini hisobga olgan holda köp ukladli iqtisodiyotni yaratiş va xususiylaştiriş dasturi işlab çiqilgan hamda amaliyotga tatbiq etilmoqda. Şunga köra Özbekistonda, birinçidan, davlat mulki mulkning yangi egasiga faqat sotiş nuli b-n berilişi mumkin. Bu mulk obyektlarining töğri taqsimlanişi va ulardan samarali foydalanişni ta'minlaydi. Ikkinçidan, D.m.x.ning maxsus dasturi işlab çiqilgan va u bosqiçma-bosqiç amalga oşiriladi. Xususiylaştiriş böyiça barça işlar izçil, bir tizimda olib boriladi. Mulkka munosabatdagi uzgarişlar jarayoni har yili ÖzR Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan xususiylaştirişning davlat dasturi va tarmoq, mintaqa dasturlari asosida amalga oşiriladi. Uçinçidan, xususiylaştiriş muammolari yirik boşqaruv va i.ç. tuzilmalarini monopoliyadan çiqariş, ularning tarkibidan savdo obyektlari va xizmat körsatiş sohalarini ajratib oliş, şuningdek, muqobil raqobatçi i.ç. korxonalarini yaratiş yöli b-n birga hal etiladi.
Özbekistonda xususiylaştiriş bir neça bosqiçda ötkazilmoqda. Birinçi bosqiçda (1992—93) «kiçik xususiylaştiriş» amalga oşirildi. Bu davrda uy-joy, savdo va umumiy ovqatlaniş, aholiga maişiy xizmat körsatiş, mahalliy sanoat korxonalari xususiylaştirildi (xususiy, oilaviy, jamoa, aksiyali). Kiçik xususiylaştiriş natijasida 21800 aksiyadorlik, 633 jamoa, 18184 xususiy, 661 ijara korxonalari va b.dan iborat 53902 turli mulk obyektlari vujudga keldi. Şuningdek, tayyorlov va kayta işlaş tarmoqlarida 25 ming obyekt yoki ular jami mikdorining 96,7% xususiylaştirildi. 1993 y.dan yengil, oziq-ovqat sanoatlari, transport va quriliş majmualarining örta hamda yirik korxonalarini xususiylaştiriş boşlandi. Q.x.dagi islohotlar natijasida dastlab 715 davlat xöjaligi davlat tasarrufidan çiqarildi, ular negizida 325 jamoa, 296 kooperativ, 90 ijara xöjaliklari vujudga keldi. Mavjud çorvaçilik obyektlari, ayniqsa past rentabelli va zarar körib işlayotgan fermalar asosida 735 yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlari taşkil etildi. Şaxsiy tomorqa va dehqon xöjaliklarini rivojlantiriş işlari olib borildi (680 ming ga dan köproq maydon yoki suğoriladigan yerlarning 15% şaxsiy tomorqa va dehqon xöjaliklari ixtiyoriga berilgan). Şunday qilib, respublika iqtisodiyotida nodavlat sektori salmokli öringa ega böla bordi va 1993 y.da milliy daromadning 35% nodavlat sektori hissasiga töğri keldi. 1994 y. 1 yanv.gaça respublikada 1069414 kvartira xususiylaştirildi. Bu xususiylaştirilişi lozim bölgan kvartiralarning 98,98% ni taşkil etadi. Şu b-n «kiçik xususiylaştiriş» bosqiçi tugallandi.
1994—95 y.larda xususiylaştirişning 2-bosqiçi amalga oşirildi. Bu davrda xalq xöjaligining barça tarmoqlaridagi qonun yöli b-n çeklaşlar qöyilmagan korxonalar — xalq xöjaligining bazaviy tarmoqlari bölgan maşinasozlik, yoqilği-energetik korxonalari, sanoat, quriliş, transport, kommunal uy-joy xöjaligi, agrosanoat majmuining tayyorlov va qayta işlaş korxonalari va h.k. xususiylaştirildi. Xususan, «Özbek-neftgaz» korporatsiyasi, energetika vazirligi, «Özmaşsanoat» assotsiatsiyalarining köplab obyektlari, şuningdek, transport korxonalari (avtobus va taksomotor parklari) davlat tasarrufidan çiqarildi. Bu bosqiçda 5 ming korxona, jumladan xalq xöjaligining turli tarmoqlarida 900 dan köproq örta va yirik korxonalar davlat tasarrufidan çiqarildi.
1996 y.dan D.m.x.ning yangi — 3-bosqiçi boşlandi. Bu bosqiç eng yirik korxonalarni xususiylaştiriş, tarmoqlar içida institutsional özgarişlar, yangiça xöjalik yuritiş tuzilmalarini yaratiş va b. nazarda tutadi (mas, Toşkent aviatsiya i.ç. birlaşmasi oçiq turdagi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi, tarmoqlarni boşqarişning yangi tizimi — xoldinglar taşkil etilmoqda).
Özbekistonda davlat tasarrufidan çiqariş va xususiylaştiriş jarayonlarini çuqurlaştiriş böyiça Davlat dasturiga muvofiq tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş va korxonalarni xususiylaştirilgandan keyingi davrda kat'iy işlaşini ta'minlaş çoratadbirlari işlab çiqilgan. Davlat tasarrufidan çiqarilgan korxonalarni xususiylaştirişdan keyingi davrda qat'iy işlaşi uçun maxsus investitsiya fondlari va banklar taşkil etilgan, xususiylaştirişdan kelgan mablağlar jamğarilib, ular xususiylaştirilgan korxonalarni rivojlantiriş uçun sarflanmoqda. Davlatga tegişli aksiyalarga olingan dividendlar asosiy fondlarni yangilaş va ularni texnik qayta jihozlaşga yönaltirilmoqda.
Özbekistonda aholining kam ta'minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoyalaş va tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaş, korxonalarni eksportbop va raqobatbardoş mahsulot işlab çiqaradigan qilib texnik jihozlaşni ta'minlaydigan aniq yönalişli xususiylaştiriş amalga oşirilmoqda. Şu yöl b-n mamlakatning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligini oşiriş hamda davlat uçun tayanç böladigan mulkdorlar sinfini şakllantiriş asosiy maqsad qilib qöyilgan.
Özbekistonda D.m.x.da Yevropa Ittifoqi komissiyasi, «TASIS», Jahon banki, YUN IDO, Germaniya texnika markazi, AQŞning Xalqaro rivojlaniş böyiça Agentligi va b.ning maslahat xizmatlaridan foydalaniladi.
Abdulla Abduqodirov, Erkin Şodmonov.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ДАВЛАТ МУЛКИНИ ХУСУСИЙЛАШТИРИШ — давлатнинг ўз ихтиёридаги и. ч. воситалари, мол-мулк объектларини, корхоналар, уй-жой, транспорт воситалари, табиат ресурслари ва б.ни давлат тасарруфидан чиқариши ва фукаролар, жамоалар, шунингдек, давлатга тегишли бўлмаган юридик шахсларга бериши ёки сотиши; давлат мулки асосида турли (акцияли, хусусий, оилавий, қўшма, аралаш, корпоратив) мулк шаклларини вужудга келтириш. Д.м.х. давлат мулкини келгусида шу мулк негизида хўжалик фаолияти юритувчи ва унинг натижалари бўйича тўлиқ мулкий масъулиятни зиммасига олувчи иқтисодий субъектларга турли шартларда бериш ёки сотиш орқали амалга оширилади ва мулк эгасини ўзгартиришни назарда тутади.
Давлат тасарруфидан чиқариш ва хусусийлаштириш мулкни бепул бериш, корхонани имтиёзли шартларда сотиш, акцияларни сотиш, корхоналарни ижарага бериш, майда корхоналарни ким-ошди савдосида сотиш ва б. усулларда амалга оширилади.
Тарихан Д.м.х.нинг ўз табиатига кўра тамомила фарқ қиладиган икки тури шаклланди. Биринчи тур такрор и.ч. механизмидаги ўзгаришлар ва 20-а.нинг 70-й.лари 2-ярмида саноати ривожланган мамлакатлар иқтисодиётида давлат мулки ва давлат тадбиркорлигининг ўрни ва аҳамиятидаги ўзгаришлар б-н боғлиқ ҳолда юзага келди.
Саноати ривожланган мамлакатлардаги хўжаликни бошқариш ва иқтисодиётда Д.м.х. кўринишлари ғоявий таъсир, баъзида эса ривожланган мамлакатларнинг ёрдам кўрсатиш шартлари б-н боғлиқҳолда, тўғридан-тўғри иқтисодий босимлар туфайли ривожланаётган мамлакатларга ҳам тарқалди. 80— 90-й.ларда 80 дан ортиқ ривожланаётган мамлакатларда Д.м.х.нинг турли дастурлари ишлаб чиқилди. Бу мамлакатларда хусусийлаштириш жараёни бозор рақобати муҳити амал қилган хусусий сектор ва хўжалик тизимида амалга оширилди.
Хусусийлаштиришнинг иккинчи тури жаҳон социалистик тизими мамлакатлари (Марказий ва Шарқий Европа, Хитой, собиқ Иттифоқ республикалари)да 1989 й.дан бошлаб амалга оширила бошлади.
Хўжалик юритишнинг маъмурийбуйруқбозлик тизимидан бозор муносабатларига асосланган хўжалик юритиш тизимига ўтишда хусусийлаштириш алоҳида ўрин тутади. Иқтисодий ривожланган мамлакатлар тажрибаси айнан хусусий мулк иқтисодий усишни ижтимоий ларзаларга йўл қўймай таъминлашини тасдиқлайди.
У ёки бу мамлакатдаги хусусийлаштириш миқёси илгари хусусий секторни миллийлаштириш қай даражада қўлланилганига боғлиқ. Миллийлаштириш усули қисман ўтказилган мамлакатларда (АҚШ, Германия, Япония) хусусийлаштириш кўринишлари кам учрайди. Миллийлаштириш жараёни узок, вақт давом этган мамлакатларда (Буюк Британия, Франция) эса Д.м.х. кенг кўламда амалга оширилмоқда.
Хусусийлаштиришнинг пешқадами бўлган Буюк Британияда Д.м.х.нинг акцияларни текин тақсимлаш ва сотиш; хизмат кўрсатиш учун пудратлар; давлат уй-жойларини квартирани ижарага олувчиларга сотиш; рақобатни ривожлантириш мақсадида давлат монополияларидан воз кечиш каби усуллари қўлланилди. Жаҳон тажрибаси давлат мулкини ва унинг вазифаларини тўлиқ ёки қисман хусусий секторга ўтказишнинг 22 усули борлигини кўрсатади. Хусусийлаштириш — узок, муддатли жараён. У Японияда 10 йил, Ғарбий Европада 10—15 йил давом этади.
Бозор ислоҳотларига ўтишнинг Ўзбекистон моделига кўра мамлакат ва халқнинг иқтисодий, ижтимоий, маънавий, маданий хусусиятларини ҳисобга олган ҳолда кўп укладли иқтисодиётни яратиш ва хусусийлаштириш дастури ишлаб чиқилган ҳамда амалиётга татбиқ этилмоқда. Шунга кўра Ўзбекистонда, биринчидан, давлат мулки мулкнинг янги эгасига фақат сотиш нули б-н берилиши мумкин. Бу мулк объектларининг тўғри тақсимланиши ва улардан самарали фойдаланишни таъминлайди. Иккинчидан, Д.м.х.нинг махсус дастури ишлаб чиқилган ва у босқичма-босқич амалга оширилади. Хусусийлаштириш бўйича барча ишлар изчил, бир тизимда олиб борилади. Мулкка муносабатдаги узгаришлар жараёни ҳар йили ЎзР Вазирлар Маҳкамаси томонидан тасдиқланадиган хусусийлаштиришнинг давлат дастури ва тармоқ, минтақа дастурлари асосида амалга оширилади. Учинчидан, хусусийлаштириш муаммолари йирик бошқарув ва и.ч. тузилмаларини монополиядан чиқариш, уларнинг таркибидан савдо объектлари ва хизмат кўрсатиш соҳаларини ажратиб олиш, шунингдек, муқобил рақобатчи и.ч. корхоналарини яратиш йўли б-н бирга ҳал этилади.
Ўзбекистонда хусусийлаштириш бир неча босқичда ўтказилмоқда. Биринчи босқичда (1992—93) «кичик хусусийлаштириш» амалга оширилди. Бу даврда уй-жой, савдо ва умумий овқатланиш, аҳолига маиший хизмат кўрсатиш, маҳаллий саноат корхоналари хусусийлаштирилди (хусусий, оилавий, жамоа, акцияли). Кичик хусусийлаштириш натижасида 21800 акциядорлик, 633 жамоа, 18184 хусусий, 661 ижара корхоналари ва б.дан иборат 53902 турли мулк объектлари вужудга келди. Шунингдек, тайёрлов ва кайта ишлаш тармоқларида 25 минг объект ёки улар жами микдорининг 96,7% хусусийлаштирилди. 1993 й.дан енгил, озиқ-овқат саноатлари, транспорт ва қурилиш мажмуаларининг ўрта ҳамда йирик корхоналарини хусусийлаштириш бошланди. Қ.х.даги ислоҳотлар натижасида дастлаб 715 давлат хўжалиги давлат тасарруфидан чиқарилди, улар негизида 325 жамоа, 296 кооператив, 90 ижара хўжаликлари вужудга келди. Мавжуд чорвачилик объектлари, айниқса паст рентабелли ва зарар кўриб ишлаётган фермалар асосида 735 ёпиқ турдаги акциядорлик жамиятлари ташкил этилди. Шахсий томорқа ва деҳқон хўжаликларини ривожлантириш ишлари олиб борилди (680 минг га дан кўпроқ майдон ёки суғориладиган ерларнинг 15% шахсий томорқа ва деҳқон хўжаликлари ихтиёрига берилган). Шундай қилиб, республика иқтисодиётида нодавлат сектори салмокли ўринга эга бўла борди ва 1993 й.да миллий даромаднинг 35% нодавлат сектори ҳиссасига тўғри келди. 1994 й. 1 янв.гача республикада 1069414 квартира хусусийлаштирилди. Бу хусусийлаштирилиши лозим бўлган квартираларнинг 98,98% ни ташкил этади. Шу б-н «кичик хусусийлаштириш» босқичи тугалланди.
1994—95 й.ларда хусусийлаштиришнинг 2-босқичи амалга оширилди. Бу даврда халқ хўжалигининг барча тармоқларидаги қонун йўли б-н чеклашлар қўйилмаган корхоналар — халқ хўжалигининг базавий тармоқлари бўлган машинасозлик, ёқилғи-энергетик корхоналари, саноат, қурилиш, транспорт, коммунал уй-жой хўжалиги, агросаноат мажмуининг тайёрлов ва қайта ишлаш корхоналари ва ҳ.к. хусусийлаштирилди. Хусусан, «Ўзбек-нефтгаз» корпорацияси, энергетика вазирлиги, «Ўзмашсаноат» ассоциацияларининг кўплаб объектлари, шунингдек, транспорт корхоналари (автобус ва таксомотор парклари) давлат тасарруфидан чиқарилди. Бу босқичда 5 минг корхона, жумладан халқ хўжалигининг турли тармоқларида 900 дан кўпроқ ўрта ва йирик корхоналар давлат тасарруфидан чиқарилди.
1996 й.дан Д.м.х.нинг янги — 3-босқичи бошланди. Бу босқич энг йирик корхоналарни хусусийлаштириш, тармоқлар ичида институционал ўзгаришлар, янгича хўжалик юритиш тузилмаларини яратиш ва б. назарда тутади (мас, Тошкент авиация и.ч. бирлашмаси очиқ турдаги акциядорлик жамиятига айлантирилди, тармоқларни бошқаришнинг янги тизими — холдинглар ташкил этилмоқда).
Ўзбекистонда давлат тасарруфидан чиқариш ва хусусийлаштириш жараёнларини чуқурлаштириш бўйича Давлат дастурига мувофиқ тадбиркорликни қўллаб-қувватлаш ва корхоналарни хусусийлаштирилгандан кейинги даврда катъий ишлашини таъминлаш чоратадбирлари ишлаб чиқилган. Давлат тасарруфидан чиқарилган корхоналарни хусусийлаштиришдан кейинги даврда қатъий ишлаши учун махсус инвестиция фондлари ва банклар ташкил этилган, хусусийлаштиришдан келган маблағлар жамғарилиб, улар хусусийлаштирилган корхоналарни ривожлантириш учун сарфланмоқда. Давлатга тегишли акцияларга олинган дивидендлар асосий фондларни янгилаш ва уларни техник қайта жиҳозлашга йўналтирилмоқда.
Ўзбекистонда аҳолининг кам таъминланган қатламларини ижтимоий ҳимоялаш ва тадбиркорларни қўллаб-қувватлаш, корхоналарни экспортбоп ва рақобатбардош маҳсулот ишлаб чиқарадиган қилиб техник жиҳозлашни таъминлайдиган аниқ йўналишли хусусийлаштириш амалга оширилмоқда. Шу йўл б-н мамлакатнинг сиёсий, ижтимоий-иқтисодий барқарорлигини ошириш ҳамда давлат учун таянч бўладиган мулкдорлар синфини шакллантириш асосий мақсад қилиб қўйилган.
Ўзбекистонда Д.м.х.да Европа Иттифоқи комиссияси, «ТАСИС», Жаҳон банки, ЮН ИДО, Германия техника маркази, АҚШнинг Халқаро ривожланиш бўйича Агентлиги ва б.нинг маслаҳат хизматларидан фойдаланилади.
Абдулла Абдуқодиров, Эркин Шодмонов.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.